Amerikaning The New York Times (NYT) gazetasi Rossiyaning Ryazan viloyatidagi Dyagilevo va Saratov viloyatidagi Engels aerodromlariga uçuvçisiz uçiş apparatlari (UUA) tomonidan uyuştirilgan hujumlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Material naşr saytida 5 dekabr, duşanba kuni e’lon qilindi.
Şunday qilib, gazetaning yozişiça, dronlar Ukraina hududidan uçirilgan. Zarbalarning kamida bittasi baza yaqinida joylaşgan va dronlarni nişonga yönaltirişga yordam bergan Ukraina maxsus kuçlari yordamida amalga oşirilgan, deb ta’kidladi NYT manbasi.
Zarbalar Kiyevning Rossiya hududi içkarisidagi bazalariga hujum qilişga tayyorligidan dalolat beradi va töqqiz oylik uruşda birinçi marta Ukrainaning şunday katta masofalarga zarba beriş qobiliyatini namoyiş etdi, deb yozadi gazeta.
Rossiya Mudofaa vazirligining ta’kidlaşiça, zarbalar sovet ittifoqi paytida işlab çiqarilgan reaktiv uçuvçisiz uçiş apparatlari (UUA) tomonidan amalga oşirilgan - göyoki Rossiya harbiy-kosmik kuçlarining uzoq masofali aviatsiyasi samolyotlarini yaroqsiz holga keltiriş maqsadida.
Rossiya idorasining da’vo qilişiça, past balandlikda uçayotgan Ukraina UUA Rossiya harbiy-kosmik kuçlari havo mudofaasi tomonidan töxtatilgan. Rossiya vazirligi ma’lumotlariga köra, Rossiya aerodromlarida uçuvçisiz uçoq bölaklarining qulaşi va portlaşi natijasida ikkita samolyotning korpusi «ozgina şikastlangan». Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilişiça, aerodromda bölgan texnik xodimlarning uç nafari halok bölgan, tört nafari yaralangan.
Volga federal okrugidagi Engels aerodromi Tu-160 tovuşdan tez strategik raketa taşuvçi bombardimonçi samolyotlar, şuningdek, Tu-95 turbovintli strategik raketa taşuvçi bombardimonçilar uçun baza hisoblanadi. Tu-95MS Rossiya yadro triadasining tarkibiy qismidir. Ukraina tomonining fikriça, aerodrom Ukraina infratuzilmasiga zarba beriş uçun samolyotlar uçiriladigan joy hisoblanadi.
Dyagilevo aerodromi - Moskvadan taxminan 200 km masofada. Ryazan viloyati gubernatori Pavel Malkov u yerda halok bölganlarning oilalariga yordam körsatilişini aytdi.
Obektlar Ukraina bilan çegaradan taxminan 483-724 kilometr uzoqlikda joylaşgan va Ukraina arsenalidagi raketalar uçiş masofasidan taşqarida joylaşgan, deya ta’kidladi NYT.
Kiyev rasmiy ravişda sodir bölgan voqea uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmadi, masalan, avvalroq Rossiya tomonidan annexia qilingan Qrimdagi hujumlar kabi, deya ta’kidlaydi gazeta.


















