Makey Lukaşenko jamoasidagi eng ğarbparast ovoz bölgani aytiladi. Uning ölimi Belarusga qanday ta’sir körsatadi?
|19:22 / 04.12.202219 99611 min
Vladimir Makey Belarusda Lukaşenkodan keyingi örinda turuvçi odam edi.
Foto: Mixail Metsel / TASSFoto: Mixail Metsel / TASS
Belarus taşqi işlar vaziri Vladimir Makeyning rolini ikki tomonlama signallarni kuçaytiriş bilan belgilaş mumkin — u Lukaşenkodan Ğarbga va Ğarbdan Lukaşenkoga signallarni yetkazib turardi. Ötgan yillarda Makeysiz ikki tomonlama aloqalar yanada yomonroq bölişi mumkin edi. Belarus endilikda Ğarb e’tiborini jalb etiş uçun içki va taşqi siyosatda tub özgarişlar qilişi kerak böladi, ammo mamlakatda bunga xohiş yöq. Lukaşenko hukumatidagi eng ğarbparast vazir bölgan Vladimir Makeyning ölimi Belarus taşqi siyosatiga qanday ta’sir qiladi?
Vladimir Makey Belarusdagi eng taniqli amaldorlardan biri bölib, maşhurligi böyiça Aleksandr Lukaşenkodan keyin ikkinçi örinda turardi.
Taşqi işlar vaziri sifatidagi ön yillik faoliyati davomida u Belarus hukumatidagi asosiy ğarbparast ovoz egasi sifatida obro‘ qozondi, şuning uçun uning 64 yoşida tösatdan vafot etişi köplab fitna nazariyalarini keltirib çiqardi. Qolaversa, Makey hayotining sönggi kunlarida mutlaqo soğlom va faol edi — u yaqinda KXŞT sammitidan qaytgan va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti tadbirlarida qatnaşiş uçun Polşaga ketmoqçi edi.
Lukaşenkoga yaqin bölgan muhim vazirning ölimidan nazariy jihatdan manfaatdor bölganlar sirasiga Belarus xavfsizlik kuçlari va ularning rossiyalik hamkasblarini kiritiş mumkin.
Ammo uşbu ölimda kimnidir ayblaşdan foyda körmaydigan Belarusdagi mustaqil «Naşa Niva» naşri ölim haqida öz manbalariga tayangan holda, birinçi bölib xabar berdi. Xabarga köra, Makey öz vaqtida şifokorlarga murojaat qilmasdan, yurak xurujidan vafot etgan.
Şunday qilib, marhumning qarindoşlari yoki hukumat biror qöşimça axborot e’lon qilmasa, Belarus taşqi işlar vazirining qöqqisdan ölimi taqdirdan bölgani mantiqan asosli bölib qoladi.
Ğarbga moyil vazir
Makey Belarus hukumatining yuqori elitasida uzoq vaqt işlagan kam sonli odamlardan biri edi. U 2000 yilda Lukaşenkoning yordamçisi sifatida iş boşlagan, 2008 yil uning administratsiyasi rahbari bölgan, 2012 yilda esa taşqi işlar vaziri etib tayinlangan.
Makey köpinça Lukaşenko atrofidagi ğarbparast qanot bilan boğlangan, çunki 2014 yilda Rossiya-Ukraina mojarosi boşlangandan söng Minskning Ğarb bilan eng uzoq vaqt yaqinlaşuvining yuzi va motori aynan Makey bölgandi. Bu taxminda qandaydir haqiqat bor edi.
Mavzuga oid
Makey rossiyaparast qaraşlarga ega emasdi, u öz imkoniyatlaridan kelib çiqib, Minskning taşqi siyosatini betaraflikka yönaltirdi va şunga mos ravişda Rossiyadan uzoqlaşişga harakat qildi. Makeyning öz sözlari bilan aytganda, u kun kelib Belarusni «Şarqiy Yevropa Şveytsariyasi» sifatida körişni xohlagan.
Uning rahbarligidagi Taşqi işlar vazirligi 2020 yilgi ommaviy noroziliklar paytida eng muxolifat tuzilma bölib çiqdi — öşanda vazirlikning önlab diplomatlari iste’fo bergandi. Keyingi bir yil davomida esa Makey öz ixtiyori bilan işdan ketmagan, ammo inqiroz paytida özini qandaydir tarzda işonçsiz körsatgan xodimlarni işdan böşatdi.
Taşqi işlar vaziri boşqa yuqori lavozimli Belarus amaldorlariga qaraganda belarus tilida tez-tez gapirib turgan. U 2019 yilda Rossiyaning işonçli elçisi Mixail Babiçni mamlakatdan çiqib ketişga majbur qiladi. Lukaşenko ma’muriyati rahbari sifatida u «belaruslaştiriş»ni asosiy mafkuraviy oqimga aylantirişdan oldin, davlat apparatini rus dunyosining öta jirkanç tarafdorlaridan tozalagandi.
Vladimir Makey oila a’zolari – rafiqasi Vera Polyakova va kiçik öğli Artyom bilan
Ötmişdagi uşbu harakatlari tufayli 2020 yilgi inqiroz paytida Belarus va Ğarbda köpçilik Makeyga umid bilan qaragandi. U inqilobning muvaffaqiyati uçun zarur bölgan omil — elitadagi bölinişni boşlab beriş uçun iste’foga çiqişi yoki muxolifat tarafiga ötişi mumkin bölgan asosiy nomzod edi.
Biroq demokratlar vazirning sadoqatini yetarli baholamagandi. Makeyning özi uçun uning boşqa amaldorlarga nisbatan ilğorligi mafkuradan köra köproq muammolarni hal qiliş usuli edi.
Makey bilan işlagan yoki u bilan muntazam muloqotda bölganlar unga liberal yoki yaşirin dissident sifatida emas, balki elitadagi intrigalarida mohirona manyovr qila oladigan öta avtoritar rahbar, xorijlik hamkasblariga ular eşitişni xohlovçi narsalarni aytişga tayyor ayyor muzokaraçi deb ta’rif beradi.
Muhim pallada Makeyda Lukaşenko rejimiga sodiqlik kuçliroq bölib çiqdi, çunki Ğarb bilan döstlik va Rossiyadan uzoqlaşiş uning öz maqsadi emas, balki tizim barqarorligini oşiriş yöli edi. Köp vektorli taşqi siyosat va muvozanat Belarus rejimiga possovet hududida Kremlning iştahasi ortib borayotgan bir paytda, omon qoliş uçun köproq imkoniyat taqdim etardi.
Kastingdan erta çiqiş
Makeyning tajribasi va elitadagi örnini inobatga olgan holda, Lukaşenkoga uning örniga mos kuçli nomzod topiş qiyin böladi. Demak, sönggi yillarda bir neça işdan böşatiş va tozalaş tölqinlarini boşdan keçirgan Taşqi işlar vazirligining içki tizimdagi roli yanada pasayib ketişi mumkin.
Belarusda hokimiyat majburiy, soğliq tösatdan yomonlaşuvi yoki hatto ixtiyoriy tarzda özgargan taqdirda ham Makey potensial vorislardan biri edi, garçi Moskvada uning nomzodi qöllanmasa ham.
Boşqa tomondan, xavfsizlik kuçlari va boşqa köplab yuqori lavozimli amaldorlardan farqli ölaroq, Makey 2020 yildayoq tizimni tark etişi kutilgandi. Ammo u özining köp vektorli taşqi siyosat loyihasi barbod bölişiga qaramay, amaldagi hukumatga sodiq qoldi. Va u bu orqali qaysidir ma’noda Lukaşenkoga öz sodiqligini isbotladi.
Bundan taşqari, diplomatiya sobiq vazirning tarjimai holidagi yagona kasb emasdi. U Belarus elitasidagi köpçilik uçun xos bölgan harbiy tarixga ega edi. Makey öz faoliyatini SSSR Boş razvedka boşqarmasida boşlagan va polkovnik darajasigaça kötarilgan. U Belarus generallari bilan umumiy til topişişi mumkin edi, biroq ruslar bilan emas.
Endilikda, Lukaşenko qaysidir kelajak rejasida öziga voris qidirsa ham, Makey bu röyxatda bölmaydi. Biroq Belarusda hokimiyat almaşinuvining özi ham katta ehtimol bilan Ukrainadagi uruşning tugaşi gorizontida yuz beradi. Demak, bugungi kunda vorislikka da’vogarlar röyxatini taxmin qiliş hokimiyat almaşinuvi formatini prognoz qiliş kabi qiyin masala.
Signal kuçaytiruvçi
AQŞ Davlat kotibi Mayk Pompeo va Vladimir Makey (foto 2020 yil fevralida olingan) Foto: AFP
2020 yilgaça Makeyning işdan ketişi Belarus taşqi siyosati uçun muhim voqea bölgan bölardi. 2020 yildan esa mamlakatdagi barça qarorlar Lukaşenko tomonidan qabul qilindi va uning sovetça qaraşlari, xarakteri hamda Moskvaga qaramligi Makey va uning tizimi qilişi mumkin bölgan harakatlarni çeklab qöydi. Ammo taşqi siyosat muvozanatiga tayanadigan tuzumda boş diplomat, baribir muhim şaxs. Va aftidan, öşa yillarda Makey Lukaşenkoni mamlakatdagi vintlarni böşatişga va Ğarb bilan muloqotni rivojlantirişga köndiriş uçun haqiqatan ham öz ta’siridan foydalangan.
Biroq, qatağonlar kuçayişi va Minskning Ukraina uruşidagi iştirokidan keyingi izolyatsiya Belarus diplomatiyasi uçun şunçalik tor imkoniyatlar koridorini qoldirdiki, Makeyning ölimi, uning tirikligidagi har qanday harakatlari singari heç narsani özgartirmaydi.
Hozir, hatto Belarus Taşqi işlar vazirligining butunlay tarqatib yuborilişi ham Minskning mintaqaviy roliga va uning qolgan şeriklar bilan munosabatlar örnatiş qobiliyatiga katta ta’sir körsatmaydi. Asosiy şerik bölmiş Moskva bilan aloqalar har doim şaxsan Lukaşenko, hukumat va oxirgi vaqtlarda harbiylar tomonidan amalga oşirilmoqda.
Ha, hatto sönggi oylarda ham Makey Ğarbdagi suhbatdoşlariga ba’zi signallarni yetkazişga harakat qildi. Bahorda u bir qança yevropalik vazirlarga xat yozib, Belarus armiyasi uruşga kirmasligiga va’da berdi va sanksiyalarni bekor qilişni söradi. Sentyabr oyida BMT Boş Assambleyasida Makey Davlat departamenti (AQŞ Taşqi işlar vazirligi) va Yevropa Taşqi işlar vazirliklari rasmiylari bilan parda ortida uçraşdi. Aftidan, Makey ularga Lukaşenkoning amnistiya (jumladan, siyosiy mahbuslarga ham) rejalarini sotişga (ya’ni evaziga qandaydir yengillik olmoqçi bölgan) uringan.
Ammo bundan heç narsa çiqmadi. Bahorgi maktubga javob beriş örniga yevropalik diplomatlardan biri uni OAVga oşkor qildi. Nyu-Yorkdagi uçraşuvlardan ham foyda bölmadi, çunki oradan köp ötmay Lukaşenko, avvalgi bayonotlaridan farqli ölaroq, siyosiy mahbuslarni afv qilişni amnistiya töğrisidagi qonun loyihasidan çiqarib taşladi.
2020 yildan keyin köplab Ğarb davlatlari poytaxtlarida Makeyning öziga nisbatan ham munosabat ança sovuqlaşdi. Xavfsizlik kuçlari hukmronligi va Lukaşenkoning Rossiya botqoğiga botib ketişi tufayli Makeyning içki tizimdagi siyosiy salmoği qançalik pasayganini hamma tuşundi.
Vladimir Makey (öngda) Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan 2021 yilgi uçraşuv vaqtida
Anatoliy Jdanov / Kommersant’ / Sipa USA / Vida Press
Ğarb hukumatlari, 2020 yil yozida Makey şaxsiy suhbatlarda ularni Minsk va Ğarb munosabatlariga putur yetkaziş uçun barça muxolifat nomzodlarini Kreml saylovga yollaganiga qat’iy işontirganini ham esladi.
Va bu suhbatlardan bir neça hafta ötgaç, öşa yilning kuzida, Makey Ğarb davlatlari Belarusni Rossiya bilan uruştiriş uçun mamlakatda inqilob olovini yoqişga urinayotganini ham juda ehtiros bilan gapirdi.
Lukaşenko hokimiyatda ekan Makey bilan yoki Makeysiz Belarusning yana köp vektorli taşqi siyosatga qaytişini tasavvur qiliş qiyin. Ayniqsa, hozirgi, Ukrainadagi uruşning faol fazasi paytida. Va qaçondir şunday tektonik özgarişlar (Lukaşenkoning hokimiyatdan ketişi) sodir bölganda Belarus taşqi işlar vaziri yana ikkinçi darajali şaxsga aylanadi. Öşanda sub’yektivlikni sözda emas, amalda tiklaş lozim böladi.
Makeyning rolini ikki yönalişda: Ğarblik siyosatçilardan Lukaşenkoga, Lukaşenkodan Ğarblik hamkorlarga signallarni kuçaytirgani bilan izohlaş mumkin. Ötgan yillarda usiz bu signallar yomonlaşgan va ehtimol yölda qolib ketgan bölardi.
Endi Ğarb e’tiborini jalb qiliş uçun Minskka içki va taşqi siyosatda şunday tub özgarişlar kerak böladiki, ularni boşqa narsa bilan almaştiriş qiyin. Şuning uçun asosiy qiyinçilik ularning Ğarbda eşitilişi emas, balki Lukaşenkoning bu islohotlarini qilişga jur’ati yetişida böladi.