Cadillac Escalade 

UzAuto Motors’ning sotuvga çiqarilayotgan aksiyalari anderrayteri hisoblangan Freedom Broker kompaniyaning yaqin kelajakdagi rejalari haqidagi hisobotni e’lon qildi.  

Hisobotda keltirilişiça, UzAuto Motors joriy yil oxiridan Nexia-3 va Spark , 2023 yilning oxiridan esa Lacetti-Gentra avtomobillarini işlab çiqarişni töxtatadi. Şu tariqa, faqat avtomat uzatmali varianti 127 mln 145 ming sömdan sotilayotgan Cobalt «Özavto»ning eng arzon sedaniga aylanadi.

Öz navbatida, 2024 yildan boşlab Özbekistonda ham Cobaltʼning yangilangan versiyasi işlab çiqarilişi mumkin. UzAuto Motors bu borada General Motors bilan muzokaralar boşlagan.

Kompaniya taqdim qilgan ma’lumotlarga köra, yaqin yillar içida Nexia-3 va Spark örniga boşqa budjet modellar işlab çiqariş yölga qöyilmaydi. Faqatgina 2026 yilga boribgina hozirça nomi noma’lum bölgan yangi Chevrolet modelining sotuvlari boşlanişi mumkin.

Hisobotda keltirilişiça, joriy yilning oxiridan boşlab Trailblazer savdosi ham töxtatiladi. Kompaniya rejalarida 2023 yildan Captiva va Cadillac importini boşlaş közda tutilgan.

Şuningdek, keyingi yilning oxiridan yangilangan Equinox, 2024 yil örtalaridan esa yangilangan Traverse sotuvlari boşlanişi mumkin.