“Mavzuni tahlil qilarkanmiz, bir neça qatlamni körib çiqişimiz kerak. Menimça, Volodinning Özbekistonga kelişi va Qozoğiston prezidenti matbuot xizmatining uç tomonlama ittifoq gaz masalasida, deya bayonot berişi odamlarni asosiy masaladan çalğitiş hisoblanadi. Ya’ni taklif qilingan ittifoq Özbekiston va Qozoğiston örtasida tuzilgan ittifoqçilik şartnomasini xaspöşlaşga qaratilgan razvedka yoki kontrrazvedka harakatlari. Mening bahoyim şunday. Nega? Birinçidan, Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi yaqindagina imzolangan ittifoqçilik şartnomasi matniga qarasak, uning ikkinçi moddasi NATO şartnomasidagi band bilan deyarli bir xil. Unga köra, tomonlarga yoki ularning biriga harbiy xavf tuğilsa, tomonlar özaro maslahatlaşuvni boşlab, uning oldini olişga har tomonlama harakat qiladi.
Buning ma’nosi şuki, biz Qozoğiston bilan siyosiy, iqtisodiy va harbiy sohada ittifoq bölamiz. Bu juda katta qadam. Çunki Özbekiston va Qozoğiston Markaziy Osiyoda birlaşib ittifoq tuzsa, bu mintaqada juda katta siyosiy reallikka olib keladi. Bu katta qudrat degani. Agar şartnomaga katta urğu berilsa va u böyiça katta qadamlar qöyilsa, ya’ni şartnoma ölik emas, tirik bölsa, bu katta siyosiy voqelik böladi.
Endi, Markaziy Osiyoda bunday katta kuçning paydo bölişi albatta, Rossiyaga yoqmaydi. Ularning eng katta maqsadi bunday ittifoqning paydo bölişiga yöl qöymaslik. Buning tagida turgan iqtisodiy faktor esa uglevodorodlar. Ya’ni Qozoğistonda gaz va neft depozitlari juda katta. Özbekistonda ham ozroq gaz depozitlari bor.

Eng muhimi Özbekiston va Qozoğistonda Turkmanistondan Xitoyga ötadigan uçta yirik gaz quvuri bor. Agar geopolitik nuqtayi nazardan qaraydigan bölsak, Rossiya uglevodorodlar sohasida Markaziy Osiyoda öziga raqobatçi paydo bölişini istamaydi.
Faktlarga kelaylik. Afsuski, bugun Özbekistonning gaz sohasidagi importini ham, eksportini ham “Gazprom” va unga tegişli taşkilotlar nazorat qiladi. Hatto u bizning Xitoy bilan eksportimizni ham nazorat qiladi. Kerak bölsa, eksport narxini ham, hajmini ham belgilab beradi. Turkmanistondan oladigan gazni ham “crudex” degan kompaniya orqali olamiz. Ular örtaga kirgan. Bunda ham şartnoma va hajmni ular belgilab beradi.
Bu sohada yana bir afsuslanadigan tomonimiz borki, import qilinayotgan gaz asosan aholiga sotilyapti, deya davo qilinyapti va bu budjetdan ajratiladigan subsidiyalarning keskin köpayişiga olib kelyapti.
















