Ukraina armiyasi Şarqiy guruhi vakili Sergey Çerevatiyning ma’lum qilişiça, RF armiyasi «qandaydir muvaffaqiyatga erişilayotgani»ni körsatiş maqsadida bor imkoniyatlarni işga solib Baxmutni (ruslar bu yerni Artemovsk deb ataydi) egallab olmoqçi, bundan taşqari, şahar olingaç Donetsk oblastining Ukraina nazoratida qolayotgan sönggi yirik şaharlari bölmiş Pokrovsk, Slovyansk va Kramatorsk tomon yöl oçilişi mumkin.

«Bu ularning asosiy maqsadi, agar ular şaharni röparadan yuriş qilib egallay olmasa - qurşab olmoqçi. U yerda vaziyat juda oğir, ammo vaziyat nazorat ostida. Qömondonlik ularning harakatlari tabiatini körib turibdi, xususan, ötgan kunda ularga bizning artilleriyamizdan jiddiy salom yöllandi, xususan yuqori aniqlikdagi yangi tizimlar bilan», degan Çrevatiy.

Rossiya harbiy idorasi rasmiysi Igor Konaşenkov har kungi brifingda hududdagi vaziyatni şunday tavsiflagan: «Donetsk yönalişida Rossiya qöşini Donetsk xalq respublikasining Artemovsk şahri atrofida muvaffaqiyatli yuriş qilmoqda».

Baxmut uçun janglar bir neça oydan buyon davom etmoqda, harbiy harakatlar bahor oxirlarida va yoz boşlarida boşlangandi - öşanda ukrain qöşinlari Popasnaya, Lisiçansk va Severodonetskni taşlab çiqişgandi.

Ammo bu hududdagi harbiy harakatlar intensivligi oşdi: Ukraina tomoni ham, Rossiya armiyasi ham bu yerga qöşimça kuçlar jönatmoqda. Bu hududda mahbuslar hisobiga safini töldirgan «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi bölinmalari faol harakat qilmoqda.

«Taktika özgarişi»

Sönggi haftalar davomida RF armiyasi Baxmut ostonasida kiçik muvaffaqiyatlarga erişayotgani haqida xabarlar kelib turdi: jumladan rossiyalik harbiylar Kurdyumovka posyolkasi egallanganini xabar qilişdi.

Baxmut atrofidagi ukrain harbiylari. Foto: Reuters

Ammo Amerikadagi Uruşlarni tadqiq etiş instituti (ISW) öz hisobotida Baxmut qurşovga tuşişi xavfi yöqligi, bu şaharni Seversk va Konstantinovka bilan boğlovçi trassalar Ukraina nazoratida qolayotganini qayd etişdi.