Rasman: AI-80 markali benzin narxi arzonlashdi
Joriy yilning 3 may kunidan O‘zbekistonda AI-80 markali benzin narxi arzonladi. Energetika vazirligi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, ayni paytda bunday markadagi benzin narxi 1 litri uchun 4000 so‘m sotilmoqda.
Ta'kidlanishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yilning 4 aprel kuni “Neft-gaz tarmog‘ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror imzolangan edi.
Mavzkur qarorga muvofiq 1 maydan e'tiboran AI-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi (shu jumladan EKO markali dizel yoqilg‘isi) chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi. Shuningdek, neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan AI-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi faqat birja savdolari orqali sotilishi belgilab qo‘yildi.
Neft narxi keskin quladi, endi O‘zbekistonda ham benzin arzonlashadimi?
Energetika vazirligi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, bugun, 3 may kunidan e'tiboran 4000 so‘mdan sotuvga chiqarildi. Shuningdek, dizel yoqilg‘isining narxi ham arzonlashgan.
Avvalroq Kun.uz o‘z manbalariga tayanib, AI-80 markali benzin narxi arzonlashishi kutilayotgani haqida xabar bergan edi.
O‘zbekistonda 2019 yilning 15 avgust kuni AI-80 markali benzinning bir litri uchun 4 500 so‘m narxi belgilangan. O‘shanda bu markadagi yoqilg‘i 500 so‘mga oshirilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 26 mart kunidan O‘zbekistonda AI-92 markali benzinning narxi 6200 so‘mdan 6000 so‘mga pasaytirilgan edi. 29 aprel kunidan boshlab bu mahsulotning narxi 5500 so‘m qilib belgilandi.
Shuningdek, «O‘zbekneftgaz» yonilg‘i quyish shoxobchalarida 13 apreldan boshlab AI-91 markali benzinning 1 litri 200 so‘mga arzonlashib, 5600 so‘mdan sotila boshlanishi xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari qo‘llab-quvvatlanadi
O‘zbekiston | 11:35
-
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
Sport | 11:33
-
Portugaliyada o‘ng markazchilar navbatdan tashqari saylovlarda g‘alaba qozondi
Jahon | 11:32
-
O‘zbekiston Bolalar saratoniga qarshi kurashish milliy strategiyasini qabul qildi
O‘zbekiston | 11:20
Mavzuga oid

18:55 / 01.04.2025
Shovotda benzin sisternasiga tushgan yigit zaharlanib vafot etdi

21:05 / 27.03.2025
Buxoro neft zavodi jarimaga tortilgan. Raqobat qo‘mitasi tafsilotlarni ochiqlamadi

13:23 / 10.03.2025
430 tonna Ai-80 benzinini noqonuniy ravishda sotib yuborgan MChJ aniqlandi

23:00 / 05.03.2025