Özbekistonda 15 avgustdan boşlab elektr energiyasi, tabiiy gaz, benzin va dizel yoqilğisining yangi narxlari kuçga kirdi.
Adliya vazirligi Telegram-kanalida xabar qilinişiça, 15 avgustdan boşlab aholiga yetkazib berilayotgan tabiiy gazning bir kubometri, hisobga oliş priborlari mavjud bölsa, 380 söm yoki 0,04 dollarni taşkil etdi (bungaça - 320 söm, ösiş 18,7%). Hisobga oliş priborlari mavjud bölmaganda, ovqat tayyorlaş va issiq suv ta'minoti uçun gazning bir kubometri 660 söm yoki 0,07 dollarni taşkil etadi (bungaça - 553 söm, +19,3%), isitiş uçun - 380 söm yoki 0,04 dollar (bungaça - 320 söm, +18,7%).
Maişiy ehtiyojlar uçun aholiga sotiladigan 1 kg suyultirilgan gaz uçun - 1120 söm ($0,12). Bungaça 950 söm edi (17,8%).
Elektr energiyasi maişiy iste'molçilar uçun 1 kVt/soat - 295 söm (bungaça 250 söm) yoki $0,03 (+18%). Iste'molçilarning boşqa toifasi uçun 1 kVt/soat - 450 söm.
Özbekistonda 15 avgustdan benzin uçun yangi narxlar:
AI-80 - bir litr uçun 4 500 söm yoki $0,5 (+500 söm);
Dizel yoqilğisi - bir litr uçun 5400 söm yoki $0,6 (+600 söm);
EKO dizel yoqilğisi - bir litr 5700 söm yoki $0,63 (+1200 söm).

Sönggi bor benzin va dizel yoqilğisi, şuningdek, gaz hamda elektr energiyasiga narxlar ötgan yilning noyabr oyida oşgandi.
Eslatib ötamiz, 1 avgustdan Özbekistonda eng kam iş haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori örtaça 10 foizga kötarildi.













