Hujjatda qayd etilişiça, 1 maydan boşlab neftni qayta işlaş zavodlari tomonidan Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilğisi faqat birja savdolari orqali sotilişi yölga qöyiladi.
Qarorda dizel yoqilğisi, şu jumladan EKO markali dizel yoqilğisini 2020 yilning I çoragidagi birja savdolari natijalariga köra şakllangan örtaça narx böyiça töğridan-töğri şartnomalar asosida sotib olişi mumkin bölgan taşkilotlar röyxati belgilab berilgan. Bular:
– budjet taşkilotlari
– paxta xomaşyosi va ğalla işlab çiqaruvçi fermer xöjaliklari
– paxta-töqimaçilik klasterlari
– “Özbekiston temir yöllari” AJ
– “Toşşahartransxizmat” AJ
– maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqiş böyiça davlat korxonalari.
Şuningdek, uşbu taşkilotlarga dizel yoqilğisi neftni qayta işlaş zavodlaridan neft mahsulotlarini birja savdolari orqali xarid qiliş huquqini taqdim etgan holda sotiladi.
Neftni qayta işlaş zavodlari “Özbekneftgaz” AJ neft bazalarining buyurtmanomalariga köra yuqorida sanab ötilgan taşkilotlarga dizel yoqilğisi, şu jumladan EKO markali dizel yoqilğisini “Özbekneftgaz” AJ tomonidan belgilanadigan çegirma asosida sotadi.












