9 May

O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, Yevropa Ittifoqiga a’zo bir qator davlatlar vakillaridan iborat delegatsiyaning Orolbo‘yi mintaqasiga rasmiy tashrifi uyushtirilgan. Tadbir doirasida xorijiy delegatsiyaning Orol dengizining qurib qolgan qismida 27 mingta daraxt ekish aksiyasi rasman boshlangan.

5 May

11 yoshli bolakay bir yil oldin Amudaryo ko‘prigining ostida muz yorilib, suvga tushib ketgandi.

29 Aprel

Prezidentning “Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan “Nukus” texnoparkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

26 Aprel

Nukusda bo‘lgan voqeada 5 nafar qiz bitta qizni o‘rtaga olib, do‘pposlagan. “Samosudchi qizlar” darhol topilgan.

22 Aprel

Oliy Majlis Senat Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Qozog‘istonga tashrif buyurdi. Senat matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tashrif ikki mamlakat parlamenti yuqori palatalarining hamkorlik bo‘yicha komissiyasi ikkinchi majlisida ishtirok etish maqsadida amalga oshirilgan.

Farzandini davolatish uchun saxovatli insonlardan yordam so‘rab internetda hisob ochgan angrenlik ayolning pullarini o‘zlashtirib olgan qoraqalpog‘istonlik maktab o‘quvchisi ushlangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri vazifasini bajaruvchi lavozimiga Reimbayev Adilbek Ruzimuxammadovich tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

21 Aprel

Nukusda talonchilik jinoyatlarini sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

18 Aprel

Nukusdagi perinatal markaz shifokorlari tirik chaqaloqni "morg"ga berib yuborib, uning tanasi yorib ko‘rilgani oqibatida chaqaloq vafot etgani xabar qilingandi. Oliy sud matbuot kotibining ma’lum qilishicha, shifokorlarga hukm o‘qildi. 

Cobalt’ning 27 yoshli mast ayol haydovchisi svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtamasdan, YPX inspektorining Lasetti’siga urilgan.

14 Aprel

Bir muddat oldin Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida yosh ayol voyaga yetmagan ikki nafar qizini shafqatsizlarcha kaltaklagani aks etgan videolar tarqalgandi. Ushbu holatga Bolalar ombudsmanining O‘zbekistondagi vakili Aliya Yunusova o‘z munosabatini bildirdi.

12 Aprel

Chaqaloqning ko‘krak qafasi yorib ko‘rilganda unda hayotiy belgilar aniqlangan. Shunday bo‘lsa-da, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilmasdan, perinatal markaz shifokorlari chaqirilib, chaqaloq qaytarib berib yuborilgan.

Ko`proq yangiliklar
Top