Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpoğiston Respublikasining Beruniy tumanida xususiy boğça tarbiyalanuvçilarini olib ketayotgan maşina YTHga uçragani haqidagi videolavha tarqaldi. Tuman hokimligi holat yuzasidan rasmiy munosabat berdi.

Dastlabki ma’lumotga köra, bugun soat 9:55da Beruniy tumani Şabboz ovuli hududida fuqaro S.G. özining boşqaruvidagi Nexia maşinasida YTH sodir etgan. Buning oqibatida maşinada bölgan 2018 yilda tuğilgan X.F. hamda 2021 yilda tuğilgan N.S. tan jarohati olgan. Ularga tibbiy yordam körsatilgan. Hozirda ularning soğligi joyida ekani ma’lum qilingan.  

“Videoda aks etgan holat Beruniy tumani Quruvçilar köçasidan ötuvçi 4R-161 avtomobil yölining 16-17-kilometrlarida sodir bölgan”, deyiladi hokimlik rasmiy munosabatida.  

Qayd etilişiça hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda.