Bir muddat oldin Qoraqalpoğistonning Xöjayli tumanida yoş ayol voyaga yetmagan ikki nafar qizini şafqatsizlarça kaltaklagani aks etgan videolar tarqalgandi. Uşbu holatga Bolalar ombudsmanining Özbekistondagi vakili Aliya Yunusova öz munosabatini bildirdi.
“E’lon qilingan videoni körişim bilanoq, bu videoni respublikamizda taşkil etilgan Bolalarni himoya qiliş masalalari şu’basining Telegram kanaliga yubordim. Çunki uşbu organ şunday bolalarni himoya qiliş, ota-onalarini javobgarlikka tortiş, şu jumladan ularning kelajakdagi taqdiri bilan boğliq barça masalalar bilan bevosita şuğullanadi.
Hozirda onaga nisbatan jinoiy iş qözğatilgani haqida ma’lumot berildi. Lekin şu bilan birga, heç narsa ota-onalar tomonidan bolalarga nisbatan zöravonlikni oqlay olmaydi.
Afsuski, oilada bolalarga nisbatan zöravonlik, ijtimoiy norma hisoblanib qolmoqda. Köpinça uning oqibatlari muhokama qilinmaydi. Farzandni tarbiyalaş uçun zöravonlik zarur, jismoniy kuç jazo sifatida işlatilişi mumkin, deb hisoblaydigan ota-onalar bor.
Ota-onalar turmuş şaroitining oğirligi, qaşşoq va kambağalligi, spirtli içimliklarni iste’mol qilişi va öz farzandlarini taşlab ketişi hamda migratsiyasi bolalarning qarovsizligi, tahqirlanişi yoki ekspluatatsiyasi xavfini oşiradi.
Bolalar zöravonlik holatlari haqida gapirmaydilar va şuning uçun kamdan kam hollarda kerakli yordamni olişadi.
Özbekiston bolalar huquqlarini, şu jumladan, favqulodda vaziyatlarda himoya qilişga sodiqligini namoyiş etmoqda.
Özbekiston Respublikasi tomonidan Bola huquqlari töğrisidagi Konvensiya 1992 yil 9 dekabrda ratifikatsiya qilindi. Davlat öz zimmasiga mazkur xalqaro hujjatda qayd etilgan bolalarning barça huquqlarini, şu jumladan, jismoniy, ruhiy va jinsiy zöravonliklardan, qiynoqqa solişlardan yoki şafqatsizlik, qöpol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvçi boşqa şakllardagi muomaladan himoya qiliş majburiyatini oldi.

















