Qoraqalpoğiston Respublikasi suv xöjaligi vaziri vazifasini bajaruvçi lavozimiga Reimbayev Adilbek Ruzimuxammadoviç tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Mehnat faoliyati davomida u Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Apparati taşkiliy-nazorat bölimi boşliği örinbosari, Quyi Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi boşliği örinbosari, «Paxtaarna-Nayman» irrigatsiya tizimi boşqarmasi boşliği, Qoraqalpoğiston Respublikasi suv xöjaligi vaziri örinbosari lavozimlarida işlagan.

Adilbek Reimbayev 2020 yildan hozirgi kungaça Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi Qoraqalpoğiston Respublikasi filiali rahbarining örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.