13 Mart

Boyovut tumanidagi mahallada hokim yordamchisi sifatida ishlab kelgan Musurmonqul Hotamov Sirdaryo tumani hokimiga aylandi. 

11 Mart

Anvar Karimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. “Mikrokreditbank” mintaqaviy filiali boshlig‘i Komil Mullajonov tumanga hokim etib tayinlandi.

Rahim Boboyev viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasidan ozod etildi. Uning o‘rniga Abdurahim Umarov tayinlandi.

7 Mart

U Milliy gvardiyaning xizmat kiyimida bo‘lgan. Soxta guvohnomani topshirish so‘ralganida, qarshilik ko‘rsatgan. Ma’lum bo‘lishicha, yigit boshqa bir maktabda 11-sinfda o‘qiydi. Guliston shahar prokuraturasi yigit nega maxsus kiyim va guvohnoma orqali maktabga kirmoqchi bo‘lganiga aniqlik kirityapti.

5 Mart

Chilonzor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Jamoliddin Xojimanov Guliston shahri hokimi bo‘ldi. Shaharning sobiq hokimi To‘lqinjon Dadaboyev avvalroq sog‘ligidagi muammolar sabab o‘z arizasiga binoan lavozimdan ozod etilgandi.

27 Fevral

Guruh a’zolari hokimlik zaxirasidagi yerning bir sotixini 8 ming dollarga baholab, oldindan 50 ming dollar olgan. Shuningdek, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yer maydonlarining noqonuniy sotilishi bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi.

20 Fevral

Mirzacho‘l tumaniga uch yildan buyon hokimlik qilib kelgan Sherzod Ahmedov ishdan ketdi.

Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi.

16 Fevral

Bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Sirdaryo viloyatidagi xonadonlardan birida tegishli hujjatlari bo‘lmagan 108 138 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlangan.

15 Fevral

Guliston shahrida 15 kunlik o‘g‘lini 40 ming dollarga, Termiz tumanida 20 kunlik qizini 25 mln so‘mga, Toshkent shahrida 6 yoshli o‘g‘lini 3 ming dollarga hamda Namangan shahrida 10 yoshli bolasini 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayollar ushlandi.

13 Fevral

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan to‘rtta viloyatda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda ma’lum bir ishlarni hal qilib berish evaziga pul talab qilgan mansabdorlar qo‘lga olindi. 

12 Fevral

Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida kanallarni betonlash ishlari sust olib borilayotgani tanqid qilindi.

Ko`proq yangiliklar
Top