Energetika vazirligi xabariga köra, “Özenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda 2024 yil 1 yanvardan 15 iyungaça ötkazilgan 40,8 mingta nazorat tadbirlari çoğida jami 38,8 mingta noqonuniy holatlar aniqlandi.
Mazkur noqonuniy holatlarning 13,5 mingtasi tabiiy gazdan, 25,3 mingtasi esa elektr energetikasidan qonunga xilof ravişda foydalaniş bilan boğliqdir.
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş holatlari Navoiy, Sirdaryo hamda Toşkent viloyatlarida boşqa hududlarga nisbatan köproq aniqlangan.
Mamlakatda ayrim huquqbuzarlar tomonidan hisobot davrida 255 milliard 200 million sömlik tabiiy gaz hamda 297 milliard 300 million sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilişi natijasida davlat manfaatlariga jami 552 milliard 500 million sömlik zarar yetkazilgan.
Ularga nisbatan 220,1 milliard sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik holatlari böyiça 236 ta va 139,5 milliard sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holatlari böyiça 479 ta jinoyat işlari qözğatilgan.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan energiya resurslaridan foydalaniş qoidalarini buziş bilan boğliq huquqbuzarliklar böyiça 17,2 mingta ma’muriy hamda 715 ta jinoiy iş rasmiylaştirilib, aybdorlar tegişli tartibda jazoga tortildi.












