Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Qaşqadaryo, Jizzax, Navoiy va Sirdaryo viloyatida pul evaziga fuqarolarning işini bitkazib bermoqçi bölgan mansabdorlar uşlandi.

Ma’lum qilinişiça, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qaşqadaryo filiali boş muhandisi örinbosari paxta-töqimaçilik klasteriga tegişli bölgan 21 ta suv nasos quduqlarini elektr tarmoqlariga ulaş uçun “texnik şart” beriş evaziga 7 ming AQŞ dollari talab qilib, joriy yilning yanvar oyida 3 ming AQŞ dollari olgan. DXXning Qaşqadaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Boş prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, boş muhandis örinbosari qolgan 4 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Mazkur mansabdor şaxs muqaddam Jinoyat kodeksining 205- va 209-moddalari bilan sudlangan bölsada, öz xatosidan töğri xulosa çiqarmagan.

Jizzax viloyati “Toza hudud” DUK boş hisobçisi ulgurji savdo bilan şuğullanuvçi MÇJ rahbariga nisbatan sudda körilayotgan jinoyat işini tanişlari orqali uning foydasiga hal qiliş, ya’ni ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlatib beriş evaziga 15 ming AQŞ dollari talab qilgan. U oldindan 5 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlangan. Uşbu şaxs ham muqaddam firibgarlik bilan boğliq jinoyati uçun sudlanganligiga qaramasdan, qayta jinoyatga qöl urgan.

Özbekiston Hakamlik sudlari Assotsiatsiyasining Navoiy viloyat vakolatxonasi huzuridagi doimiy faoliyat körsatuvçi hakamlik sudi sudyasi öz xizmat mavqeidan foydalanib, Nurota tumanida yaşovçi fuqaroning muqaddam buxorolik xaridorlarga sotgan 250 boş qöylarining pullari berilmayotgani yuzasidan qilgan murojaatini ijobiy hal etib beriş evaziga 1 000 AQŞ dollari talab qilgan. Ötkazilgan tezkor tadbirda u söralgan pul mablaği hisobidan 500 AQŞ dollari va 6 mln 250 ming söm olgan vaqtida qölga olingan.

Şuningdek, Milliy gvardiyaning Sirdaryo viloyat qöriqlaş boşqarmasi xizmatni taşkil etiş va muvofiqlaştiriş bölimi boş inspektori Boyovut tumanida yaşovçi fuqaroni qöriqlaş boşqarmasiga işga kiritib qöyiş evaziga 3 ming AQŞ dollari talab qilib, muqaddam 1 500 AQŞ dollari olgan. U söralgan pulning qolgan 1 500 AQŞ dollarini olgan vaqtida DXXning Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi va Guliston harbiy prokuraturasi xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Samarqand