Prezidentning tadbirkorlar bilan oçiq muloqotiga tayyorgarlik köriş doirasida, 29 iyun kuni moliyaviy, yuridik, konsalting, IT va aloqa sohasidagi tadbirkorlar bilan oçiq muloqot ötkazildi.

Unda sözga çiqqan IT sohasida faoliyat yuritadigan tadbirkor Abduqahhor Toşmuhamedov yoz boşlanganidan beri har kuni tok öçişi haqida gapirdi.

“IT svet borligida boşlanadi, tugaganda tugaydi. Elektrosetlar bilan kelişuvlar jarima tomonga ötkazilsami… Sababi yoz boşlanganidan beri kuniga 3-4 soat tok öçadi. Tijoriy narxlarga ötildi, lekin hali ham ularning javobgarligi yöq. Har kuni bir vaqtda tok öçadi, bu tartibga solinişi kerak. Çet ellik hamkorlarimiz oldida (10 dan ziyod davlat bilan işlaymiz) javobgarligimiz bor, svet öçib qolişida, internet öçib qolişida”, – dedi tadbirkor.

Tadbirkor Abduqahhor Toşmuhamedov

Uning bu taklifiga javoban biznes ombudsman Dilmurod Qosimov bu muammo faqat IT sohasida emas, balki barça biznes sohalarida borligini aytdi.

“Bu böyiça taklif işlab çiqyapmiz, haqiqatan “elektroset” ogohlantirmasdan öçirsa, javobgarlik masalasi [borasida]. Lekin har kuni öçirilyapti, ba’zilarida nosozliklar bölişi mumkin. Heç kim kafolat bermaydi. Lekin ogohlantirmasdan öçirsa yoki boşqa holatlarda ularning javobgarligi bölişi kerak. Çunki sizlar tadbirkorsizlar, işingiz töxtab qolişi mumkin. Javobgarlik masalasi böyiça taklif işlab çiqyapmiz”, – dedi biznes vakil.

Avvalroq, 2026 yildan boşlab yangi tasdiqlanadigan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari kamida 3 yil amal qilişi belgilangan edi.