DXX respublikaning bir neçta hududida yer maydonlarini noqonuniy sotiş holatlarini foş qildi.

Ma’lum qilinişiça, Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş bilan şuğullanmoqçi bölgan tadbirkorga qöşni Sardoba tumani hududidan 6 gektar yer maydoni olib beriş evaziga 20 ming AQŞ dollari hamda viloyat Örmon xöjaligi boşqarmasi tasarrufida bölgan va Sayxunobod tumani hududida joylaşgan 50 sotix yer maydonini yengil konstruksiya körinişida quriliş qilişi uçun ijara şartnomasi asosida rasmiylaştirib beriş evaziga 5 ming AQŞ dollari, jami 25 ming AQŞ dollari talab qilgan. U DXX xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda söralgan pul mablağini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

DXXning Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamda içki işlar organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan. Unda Toşkent viloyatining Qibray tumanida joylaşgan fermer xöjalik rahbari xöjalikning 3,37 gektar yerini hamda özboşimçalik bilan egallab olingan qöşimça yer maydonini – jami 7 gektar yer maydonini sirdaryolik xaridorga 2 mln AQŞ dollariga sotişga kelişib, oldindan 200 ming AQŞ dollari olgan vaqtida qölga olingan.

Şuningdek, Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanida yaşovçi, 1975 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan şaxs özining öğlini nomida bölgan MÇJga investitsiya kiritiş şarti bilan issiqxona quriş uçun tuman hududidan ajratib berilgan 2 gektar yer maydonini hokimiyat tizimidagi mansabdor tanişlari orqali 50 ta kottej qurmoqçi bölgan xaridor nomiga ötkazib beriş evaziga 500 ming AQŞ dollari, turmuş örtoğining nomidagi  MÇJga qaraşli, Yangiyöl şahrida joylaşgan bino va uning 486 metr kvadrat maydonini ham xaridorga sotiş va u yerda 12 qavatli uy qurişi uçun mas’ul idoralardan ruxsat olib beriş evaziga 440 ming AQŞ dollari, jami 940 ming AQŞ dollari talab qilgan. U söralgan pul mablağidan 400 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Toşkent viloyatining Yangiyöl şahrida yaşovçi, 1987 yilda tuğilgan şaxs aldov yöli bilan özganing işonçiga kirib, unga “Xalq banki”ning viloyat filiali balansida turgan va “Ye-Auksion” portali orqali savdoga çiqarilgan – Quyiçirçiq tumanidagi 13,05 gektar yer maydonini yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali olib beriş evaziga 260 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 130 ming dollar olgan vaqtida qölga olingan.