15 Sentabr

Denov tumanida giyohvandlik o‘simligini yetishtirgan va uning quritilganini saqlagan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida 160 tupdan oshiq tut daraxti kesib tashlangani va tutzor bog‘ o‘rnida qurilish boshlangani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi munosabat bildirdi. Unga ko‘ra Sho‘rchi tuman hokimligi soxta hujjatga asoslanib qaror chiqargan.

14 Sentabr

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylashgan chegara bojxona posti orqali O‘zbekistonga snayper miltig‘i va «Kalashnikov» qurollarining o‘qlarini olib kirmoqchi bo‘lgan xorij fuqarosi ushlangan. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida o‘g‘rilik jinoyatini sodir etgan qidiruvdagi shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

13 Sentabr

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida «Matiz» mashinasi 12 yoshli qizni urib yuborgan. Oqibatda qiz vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

10 Sentabr

Termiz shahrida fuqarolarga uy olib berish, o‘qishga va ishga kiritib qo‘yishini va'da qilib, ulardan pul olgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

9 Sentabr

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida yo‘l harakati qoidasini buzib harakatlangan yuk mashinasini elektrovoz urib yuborgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi imkoniyati cheklangan shaxslar o‘zlari ishlayotgan korxonaning yopilayotganidan norozi bo‘lib Prezidentga murojaat qilgani haqida xabarlar tarqaldi.

8 Sentabr

Termiz shahrida ro‘y bergan yo‘l-trancport hodisasida Cobalt va Matiz o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda Matiz ag‘darilib ketgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

7 Sentabr

Surxondaryo viloyatining barcha tuman va shaharlari aholisini toza ichimlik suv bilan ta'minlaydigan yirik loyihani boshlashga start berilgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida Spark mashinasini Cobalt’ga almashtirishni va'da berib firibgarlik qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

5 Sentabr

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida yo‘l chetida to‘xtab turgan «Gazel» mashinasi bilan to‘qnashgan «Spark» haydovchisi vafot etgan.

Ko`proq yangiliklar
Top