Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda yo‘l harakati qoidasini buzib harakatlangan yuk mashinasini elektrovoz urib yubordi
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida yo‘l harakati qoidasini buzib harakatlangan yuk mashinasini elektrovoz urib yuborgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, bugun 9 sentabr kuni soat 9:20larda Qumqo‘rg‘on tumani, «Azlarsoy» MFY hududidan o‘tgan temiryo‘l kesishmasida yuk mashinasi va elektrovoz ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Fuqaro A.Y. boshqaruvidagi №0203-raqamli elektrovoz hamda haydovchi B.B. boshqaruvidagi HOWO rusumli yuk mashinasi o‘zaro to‘qnashgan. To‘qnashuvda yuk mashinasi ag‘darilib ketgan va yo‘l chetidagi temiryo‘lni elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun o‘rnatilgan ustunga zarar yetkazgan. Oqibatda yuk mashinasi haydovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Qayd etilishicha, hodisa joyiga tuman IIB tezkor tergov guruhi chiqib, voqea tafsilotlarini o‘rgangan va holat o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, yuk mashinasi haydovchisi boshqaruv paytida e'tiborsizlik qilgan va temiryo‘l kesishmasidagi to‘xtash belgisiga amal qilmasdan harakatlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sho‘rchi tumanida ham yo‘l harakati qoidalarini buzib harakatlangan «ZIL» yuk mashinasi teplovoz bilan to‘qnashgan va haydovchisi vafot etgan edi.
Mavzuga oid
18:28 / 20.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin yaratgan o‘rmonzor "Dendrologiya bog‘i"ga aylantiriladi
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
18:17 / 15.06.2026