Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida «Matiz» maşinasi 12 yoşli qizni urib yuborgan. Oqibatda qiz vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, joriy yil 11 sentabr kuni soat 8:45 larda Sariosiyo tumanidan ötuvçi mahalliy ahamiyatga ega bölgan 4N1583 Tortuli – Gazarak – Yorman avtomobil yölida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Gazarak – Tortuli yönalişida harakatlanib borayotgan «Matiz» maşinasi yölni kesib ötayotgan 12 yoşli qizni urib yuborgan. Söng boşqaruvni yöqotib yöl çetidagi daraxtga urilgan. Oqibatda qiz oğir tan jarohatlari olib şifoxonada vafot etgan. Şuningdek, 1985 yilda tuğilgan «Matiz» haydovçisi va uning yonida bölgan yölovçi oğir tan jarohatlari olib şifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki suriştiruvda aniqlanişiça, «Matiz» maşinasi haydovçisi tezlikni belgilangan me'yordan oşirib tez harakatlangan. Bundan taşqari, uşbu yölda yöl belgilari, piyodalar ötiş joylari va yöl çiziqlari bölmagan.
Qayd etilişiça, mazkur joyda sönggi bir oy içida odam ölimi bilan boğliq ikkita yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Surxondaryoda yöl harakati qoidasini buzib harakatlangan yuk maşinasini elektrovoz urib yubordi
Surxondaryoda «Gazel» bilan töqnaşgan «Spark» haydovçisi vafot etdi

















