Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumanida yöl çetida töxtab turgan «Gazel» maşinasi bilan töqnaşgan «Spark» haydovçisi vafot etgan. Aniqlanişiça, u spirtli içimlik ta'siri ostida bölgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yil 4 sentabr kuni soat 3:15larda davlat ahamiyatiga ega bölgan 4R101 avtomobil yölining 18-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Qayd etilişiça, «Spark» maşinasi Qumqörğon tumanidan Jarqörğon tumani tomon harakatlanib kelayotib, nosozligi tufayli yöl çetida töxtab turgan «Gazel» maşinasiga borib urilgan. Oqibatda «Spark» haydovçisi oğir tan jarohatlari olib, şifoxonada vafot etgan.

Dastlabki suriştiruvda, «Spark» haydovçisi spirtli içimlik ta'siri ostida bölgani aniqlangan. Bundan taşqari, yöl-transport hodisasi sodir bölgan hududda yöl belgilari ham talablarga javob bermasligi ma'lum bölgan.