Xorijiy film kontrabandasi uçun ölim, tomoşa qilganlik uçun qamoq – Şimoliy Koreya taşqi ta’sirga qarşi qanday kuraşmoqda?
|19:00 / 16.01.202232 87211 min
Şimoliy Koreyada «Kalmar öyini» serialini mamlakatga yaşirinça olib ötib tarqatgan talaba yigit otib taşlangan. KXDRda 2021 yilda kuçga kirgan yangi qonunga köra, xorij filmini tomoşa qiliş, çet el qöşiqlarini tinglaş taqiqlangan. Taqiqni buzganlarni oğir jazo kutadi.
Özi nima gap?
2015 yilda KXDR yetakçisi Kim Çen In özgaça qaraşlarni tiyib turiş uçun xorijning taqiqlangan qöşiqlari yozilgan barça kasseta va disklarni yöq qilişni buyurgan edi. Ajnabiy filmlarni tarqatiş ölim jazosiga ham olib kelişi mumkin. Mamlakatda bor-yöği uçta telekanal bölib, ular orqali efirga uzatiladigan telemahsulot davlat tomonidan qat’iy nazoratga olingan.
Garçi qonunga zid bölsa ham Şimoliy Koreyada köpçilik Janubiy Koreya teledasturlari va filmlarini tomoşa qilişadi Foto: BBC
New York Times gazetasining Janubiy Koreyadagi byurosi rahbari Çoy Sang Xun Şimoliy Koreya taşviqotida köp yillardan buyon Janubiy Koreyadagi hayot oğirligi haqida gapirib kelinayotganini ta’kidlaydi. Ammo mamlakatga noqonuniy ravişda kirib boruvçi Janubiy Koreya filmlari va kliplari odamlar ongida sun’iy ravişda şakllantirilayotgan bu manzarani yöqqa çiqaradi.
Pandemiya vaqtidagi karantin çoralari şaroitida şimolda janub filmlari ommalaşgan. Şu sababli 2020 yilning dekabrida qabul qilingan qonun bilan kapitalistik mamlakatlar, ayniqsa, Janubiy Koreya va AQŞ tele va kinomahsulotlarini tomoşa qiliş, ularga egalik qiliş yoki tarqatiş qat’iyan taqiqlanadi. Uşbu jinoyat ustida qölgan tuşganlar 5 yildan 15 yilgaça mehnat lagerlariga taşlanadi. Bunday materiallarni tarqatganlar esa ölim jazosi bilan jazolanişi ham mumkin.
Qonun qabul qilingaç, yoşlarning kompyuterlari, telefonlari va musiqa pleyerlarida Janubiy Koreyaga tegişli kontent bor-yöqligini tekşiriş boşlangan. 2021 yilda Xitoydan mamlakatga qaytgan talaba USB-fleşkada «Kalmar öyini» serialini köpaytirib sotgan. Kontrabandada ayblangan talaba otuvga, undan uşbu serialni sotib olgan maktab öquvçisi esa bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingan bölsa, serialni birgalikda tomoşa qilgan 6 öquvçi 5 yil muddatga majburiy mehnatga
. Bundan taşqari, taqiqlangan serialni tomoşa qilgan öquvçilarning sinf rahbari, yoşlar yetakçisi hamda maktab direktori işdan haydalgan, ular ham kömir konlarida işlaşga majburlanişi yoxud çekka qişloqlarda öqituvçilik qilişga yuborilişi
Mamlakatning Yanggang provinsiyasida yaşovçi 14 yoşli ösmir «Heç qayerdan kelgan odam» (2010 yil, Janubiy Koreya) filmini tomoşa qilganidan söng hibsga olingan. U kinokartinaning atigi 5 daqiqasini köra olganiga qaramay, 14 yil muddatga majburiy mehnatga mahkum etilgan. Janubiy Koreyaning Daily NK naşri öquvçining ota-onasi ham javobgarlikka tortilişi mumkinligi haqida yozgan.
Ötgan yildan beri Şimoliy Koreya hukumati siyosiy mahbuslar uçun uçta yangi lager oçgan. Uşbu lagerlarda rejim «reaksion fikrlaş» deb ataydigan narsalarni, jumladan, xorijiy teledasturlar yoki filmlarni tomoşa qilişni, xorijda işlab çiqarilgan mobil telefondan foydalanişni taqiqlovçi qonunni buzganlikda aybdor deb topilganlar saqlanadi. Jazo muddatini ötayotganlarning ayrimlari oilalari bilan qamoqqa taşlangan.
Izolyatsiyadagi davlat
Şimoldan qoçgan, hozirda Seulda yaşovçi Yon Misoning hikoya qilişiça, yangi qonun qabul qilingunga qadar ham xorij filmini köriş taqiqda bölgan, bunga amal qilmaganlar esa ayovsiz jazolangan. 11 yoşdaligida u yaşagan dahada bir erkak kontrabanda orqali olib kelingan Janubiy Koreya filmini tomoşa qilayotganida qölga olinib, qatl etilgan.
«Men buni heç qaçon unutmayman. Uning közlari boğlangan, matoli boğiç köz yoşlardan nam bölib ketgandi. Erkakni simyoğoç ustuniga boğlab, söngra otib taşlaşdi», deya ayolning sözlaridan iqtibos keltiradi BBC.
Ma’lum bölişiça, taqiq faqat filmlar yoki telekörsatuvlargagina taalluqli emas. Balki xorijda çop etilgan kitobni öqiş, çet elda işlab çiqarilgan kiyimni kiyiş, hattoki, sözlaşuvda ajnabiy jargonlarni işlatiş, noan’anaviy soç turmaklarini qildiriş ham ta’qib qilinadi.
Kim Çen IR ajnabiy sözlar, soç turmagi va modani ham «saraton ösmasi»deb ataydi. Foto: EPA
Seulda joylaşgan Daily NK internet naşri şimoldagi manbalariga tayanib, soçini Janubiy Koreyaning pop yulduzlaridek qirqtirgani va töpiği oçiq kalta şim kiygani uçun uç nafar ösmir qayta tarbiyalaş lageriga jönatilgani haqida xabar bergan. Biroq bu ma’lumotning qançalik töğriligini tekşirişning imkoni yöq.
Tahlilçilarga köra, Kim Çen In öz fuqarolarini taşqaridan keluvçi axborot oqimidan ajratib qöyişni istaydi. Çunki KXDRda hayot borgan sari oğirlaşib bormoqda, millionlab odamlar oçlikdan aziyat çekişi aytiladi. Mamlakat yetakçisi aholi faqat davlat taşviqoti bilan oziqlanişini va Osiyoning eng boy şaharlaridan biri bölgan Seulda odamlar qanday yaşayotganini körmasliklarini istaydi.
Şimoliy Koreya hozir har qaçongidan ham köra dunyodan uzilib qolgan. Ötgan yili pandemiya tufayli davlat çegaralari yopilgan, natijada Xitoy bilan muhim savdo aloqalari töxtab qolgandi. Bugunga kelib ayrim yuklarni taşiş qayta tiklanayotgan bölsa-da, import jarayoni hamon qattiq çeklov ta’sirida.
Öz-özini izolyatsiya qiliş, bundan taşqari, Kim Çen Inning yadroviy rejalarini amalga oşiriş yölida sarflanayotgan ulkan resurslar şundoq ham zaif bölgan iqtisodiyotga putur yetkazmoqda. KXDRning oliy rahnamosi 2021 yil avvalida xalqi barça davrlardagi eng oğir vaziyatga duç kelganini tan olgandi.
«Xodim uçun iş beruvçi, bola uçun ota-ona jazolanadi»
Janubiy Koreyaning Daily NK internet naşri 2020 yilda qabul qilingan qonun matnini qölga kiritgan. Naşr boş muharriri Li San Yon BBC’da qonunda nimalar borligini sözlar bergan
«Qonunda yozilişiça, agar işçi jinoyat ustida qölga olinsa, korxona rahbari jazolanadi. Qonunbuzar bola bölsa, uning ota-onasi jazoga tortiladi. Şimoliy Koreyada uzoq vaqtdan beri amalda bölgan «hamma hammani kuzatadi» tamoyili yangi qonunda yanada tajovuzkor qiyofa kasb etgan. Maqsad: yoşlar janubdagi hayot lazzatlarini hatto orzu ham qilmasligiga erişiş. Siyosiy rejim mas’ullari boşqa mamlakatlar madaniyati bilan tanişiş norozilik kayfiyatini keltirib çiqarişi mumkin, degan xulosada», deya ta’kidlaydi Li Sang Yon.
Ötgan yili şimoldan qoçişga muvaffaq bölgan sanoqli kişilardan biri Çu Çjonxun KXDRda turmuş tarzi qançalik oğirlaşib boraversa, qonun-qoidalar va jazolar ham şunçalik qiyinlaşib borişini ta’kidlaydi.
«Agar Janubiy Koreya filmini töq qorinda körsangiz, bu sizga şunçaki madaniy hordiq beradi. Lekin qorningiz oç bölsa-yu, oğzingizga soladigan narsa topolmasangiz, bunday vaziyatda qanday qilib norozi bölmaysiz?» deydi u.
Xorijiy dasturlarni tomoşa qiliş uçun ba’zi uylarda televizorlar avtomobil akkumulyatorlariga ulangan Foto: BBC
The Times’ning qayd etişiça, öta qattiq senzura va kuçli nazorat mavjudligiga qaramay, KXDRda Janubiy Koreya tele va kinomahsulotlarini yaşirinça olib kiruvçi butun boşli sanoat mavjud. Şuning uçun ham mamlakat aholisi orasida bunday kontentni tomoşa qiluvçilar talaygina.
Fleşkalarga joylangan xorij filmlari KXDRga Xitoydan kontrabanda yöli bilan olib kiriladi. Hajmi kiçik bölgani uçun ularni yaşiriş oson, qolaversa, fleşkalar parol bilan himoyalangan böladi.
«Agar uç marta notöğri parol kiritilsa, fleş-disk içidagi ma’lumot avtomatik ravişda öçiriladi. Agar ma’lumot yoki film öta xavfli bölsa, fleş-diskni bitta notöğri parol kiritilgandan keyin undagi ma’lumot öçib ketadigan qilib sozlaş mumkin», deydi Çu Çjonxun.
«Osmonga zinapoya» – taxminan 20 yil oldin işlangan Janubiy Koreyaning maşhur komediyasi Foto: SBS
Yon Miso qöşnilari çet el filmlarini tomoşa qiliş uçun aql bovar qilmaydigan nayranglarni öylab topganini eslaydi.
«Bir kuni ular qayerdandir maşina akkumulyatorini olib, televizorni quvvatlantiriş uçun uni generatorga ulaşdi. Keyin ular Janubiy Koreyaning «Osmon sari narvon» dramasini tomoşa qilişdi», deydi u.
Dastlab ögay onasining yovuzligi, söngra saraton kasalligiga qarşi kuraşgan qiz haqidagi bu romantik hikoya yigirma yil avval Şimoliy Koreyada maşhur bölgan.
Qatağonning boşlanişi
Fleşkalar paydo bölişidan avval xorijiy filmlar Xitoyda işlab çiqarilgan arzon CD va DVD disklar orqali tarqalgan. Tez orada bu holatni rasmiylar ham ilğab qolişadi va bunday turdagi disklar ommaviy ravişda musodara etilib, yöq qilina boşlaydi.
2009 yilda Pxenyanda yaşovçi 16 yoşli Kim Guem-hyok videomahsulotlar kontrabandasiga qarşi kuraş uçun maxsus organ tomonidan qölga olinadi. U döstiga otasi Xitoydan olib kelgan Janubiy Koreya pop musiqasining DVD disklarini bergani uçun u voyaga yetmaganiga qaramay qattiq kaltaklanadi va tört kun davomida uxlaşiga ruxsat berilmaydi.
Kimning oilasi mahalliy elitaga mansub bölgani qöl kelib, uning otasi qöyib yuboriladi. Ayni paytda vaziyat ança keskinlaşgani bois jazodan bu tariqa oson qutuliş deyarli imkonsiz.
«Avval bunday harakat uçun javobgarlik ança yengil edi. Körilgan video ikki soatdan köproq bölsa, uç yil yoki undan köproq muddatga «kesilgan». Hozir esa qamoqlardagi yoş mahkumlarning yarmidan köpi xorijiy videolarni körgani uçun jazo muddatlarini ötaşmoqda. Bu – juda katta muammo», deydi Çu Çjonxun.
Şimollik qoçoqning fikriça, bir yoki ikkita xorijiy film önlab yillar davomida olib borilgan tarğibot ta’sirini yöqqa çiqarişi qiyin. Biroq busiz ham Şimoliy Koreyada yaşovçi aksariyat fuqarolar davlat televideniyesi matbuoti orqali singdirilayotgan tarğibotning butkul haqiqat ekanligiga şubha qilişadi.
«Odamlar içida norozilik bor, lekin uni kimga qarşi yönaltiriş va nima qiliş kerakligini bilişmaydi. Buni köriş oğir. Kimdir ularni uyğotişi va ma’rifatli qilişi kerak», deya ta’kidlaydi Çu Çjonxun.