Viloyatning Özbekiston tumani markazida joylaşgan Çarmak mahallasi qatlamasi bilan maşhur. Mahallada pişirilgan qatlamalar viloyatning boşqa tumanlarigaça va hatto qöşni davlatlarga ham olib ketiladi.

Sakkiz yildan buyon qatlama pişiriş bilan şuğullanayotgan pensioner Soliyaxon Jöraboyeva xonadonida bölib, dovruğ qozongan qatlama qanday tayyorlanişi bilan qiziqdik.

«1984 yilda öqişni tamomlab tuman markaziy şifoxonasi tuğruqxona bölimiga hamşira bölib işga kirganman. Tuğruqxonada 35 yil işladim. Nafaqaga çiqqanimga 3 yil böldi.  

Tong sahar uyqudan uyğonamiz. Işçilarimiz bor, ular çiqadi, iş boşlaymiz. Soat 10:00-11:00 gaça qatlama pişiramiz. Tayyor bölganini bozorga yetkazib beramiz. Buyurtmalar böyiça töy-marosimlarga qatlamalar pişirib beramiz», — deydi Soliyaxon opa.

U bir kunda 120 tagaça qatlama pişirar ekan. Ularning har bir donasi 11 ming sömdan sotiladi.

«Hozirda bozorda narx-navo oşib ketdi. Un va yoğ narxi kötarilgani uçun qatlamalar narxi ham bir munça oşdi. Bozorda sotuvçi qizimiz bor.

Hamma kasbning ham öziga yaraşa qiyinçiligi böladi. Qiyin bölsa ham rözğor uçun, tirikçilik uçun bu iş bilan şuğullanamiz», – deydi u.

Soliyaxon Jöraboyeva maşhur qatlamaning pişiriliş jarayonini körsatar ekan, tayyor bölgan pişiriq olis manzillarga taksi orqali yetkazib berilişi haqida ham sözlab berdi.

«Xuddi nonga xamir qorgandek, xamir tayyorlaymiz. Zuvala qilamiz. Tayyor bölgan xamirni yoyib çiqib, orasiga yoğ surtamiz. 4-5 qavat qilib örab çiqqanimizdan keyin 5-10 daqiqa tindirib, yasab berişadi. Ana şundan keyin pişirişni boşlayman. Qatlamalar örta olovda pişiriladi.

Qatlamalarimiz uçun Furqat, Beşariq, Uçköprik tumanlari, Qöqon va Toşkent şahridan ham xaridorlar qidirib kelişadi. Ayrim hollarda qatlamalarni uzoq manzillarga taksilar orqali yetkazib beramiz»,