Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda fuqarolarga uy olib berish, o‘qishga va ishga kiritib qo‘yishini aytib pul olgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Termiz shahrida fuqarolarga uy olib berish, o‘qishga va ishga kiritib qo‘yishini va'da qilib, ulardan pul olgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, muqaddam firibgarlik jinoyatlari uchun sudlangan fuqaro S.I.ning jinoiy xatti-harakatlari aniqlangan. Jumladdan, u firibgarlik yo‘li bilan aldash va ishonchini suiiste'mol qilish orqali o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida fuqaro O.ga kam ta'minlangan oilalar uchun qurilgan uy-joydan olib berish evaziga undan 5 100 dollar, fuqarolar B. va S.larni o‘qishga va ishga kiritib qo‘yish evaziga ulardan 2 500 dollar olgan.
Bundan tashqari, bank muassasasidan fuqaro G.ning nomiga 30 million so‘m imtiyozli kredit olib, o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
15:24 / 19.02.2026
Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
15:21 / 14.02.2026