Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Angor tumanida bank xodimlari dam oliş kunlari paxta terimiga çiqarilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilişiça, Angor tumanidagi tijorat banklari xodimlari 18 sentabr şanba (dam oliş) kuni bank raisining topşiriği bilan «Töqqiz oy yakuni» deb işga jalb etilgan.
Yakşanba kuni esa avvaliga ayol xodimlargaça işga çiqib, kredit undiruvi bilan şuğullaniş topşiriği berilgan. Keyin bu topşiriq töxtatilib, hokim topşiriğiga binoan barça xodimlar paxta terimiga çiqişi tayinlangan.
Mehnat vazirligining munosabatida yozilişiça, Angor tumanidagi uşbu holat Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan örganib çiqilmoqda. Örganiş yakunlari böyiça qöşimça ma'lumot taqdim etiladi.











