29 Oktabr

Surxondaryo viloyati Denov tumanida Tojikistonga tegishli yuk mashinasining tirkamasi chiqib ketib ro‘paradan kelayotgan Nexia mashinasi bilan to‘qnashgan. Oqibatda Nexia haydovchisi vafot etgan.

Surxondaryoda MIB viloyat boshqarmasi va uning quyi tizimlarida aliment undirish bo‘yicha 22 mingga yaqin ijro harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda bugun 2021 yil 29 oktabr kuni MIB viloyat boshqarmasida o‘tgan 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilingan.

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida o‘zaro janjalda uka akasini pichoqlab og‘ir tan jarohati yetkazgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda maktab o‘quvchilari o‘rtasida ayovsiz mushtlashuv sodir etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabar bo‘yicha viloyat IIB axborot xizmati munosabat bildirdi.

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida tadbirkorlik sub'yektiga elektr energiyadan hisoblangan asossiz qarz sud qarori bilan bekor qilingan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.

28 Oktabr

Surxondaryoda Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali negizida Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etiladi. Bu haqda bugun 28 oktabr kuni Shavkat Mirziyoyev tomonidan tegishli qaror imzolangan.

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida sodir bo‘lgan YTHda qoidalarni buzib harakatlangan haydovchi vafot etgan.

Termiz shahrida kam ta'minlangan oilalar uchun qurilayotgan arzon uylardan olib berishini aytib fuqarolarning pullarini o‘zlashtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida fuqaroning xonadonini tunagan o‘g‘rilarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

27 Oktabr

Bugun Kun.uz’da Taxiatosh, Boysun, Bo‘ston va Termiz tumanlari hokimlari mahalliy kengash deputatlarini sessiyaga chaqirish haqida qarorini sessiya o‘tib bo‘lgandan so‘ng chiqargani haqida xabar berilgandi. Mazkur xabar yuzasidan Termiz va Boysun tumani hokimligi axborot xizmatlari munosabat bildirdi.

Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida o‘zaro janjal oqibatida ayol erini pichoqlab og‘ir tan jarohati yetkazgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida xorijga chiqishiga cheklov o‘rnatilgan qarzdor ota farzandi voyaga yetguncha bo‘lgan muddatni hisoblab 101 million aliment to‘lagan. Bu haqda Kun.uz’ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top