Jizzaxda avtomobil işlab çiqarişni yölga qöygan ADM Global kompaniyalar guruhi rahbari Daniyar Davletiyarov Kun.uz'ga intervyu berdi. U suhbat davomida ADM Jizzakh zavodi qanday taşkil etilgani, kompaniya nima uçun UzAuto bilan faqat yuqoriroq segmentlarda raqobat qila olişi, Lacetti örniga şu klassdagi avtomobil taqdim etiş rejasi va milliy avtobrend yaratiş orzusi haqida sözlab berdi.
ADM Global kompaniyalar guruhi Kia, Chery, Haval, Hyundai Truck & Bus kabi avtomobil brendlarining Özbekistondagi rasmiy distribyutori hisoblanadi. Guruh tarkibida, şuningdek, Kia, Chery va Haval brendlari ostida yengil avtomobillar işlab çiqaruvçi ADM Jizzakh zavodi ham faoliyat yuritmoqda.
ADM Global kompaniyalar guruhi rahbari Daniyar Davletiyarov Kun.uz'ga bergan intervyusida Özbekiston avtomobil sanoatining buguni va kelajagi, mahalliy va xalqaro bozorlarda raqobatbardoşlikni oşiriş strategiyalari haqida sözlab berdi.

«2014 yildan beri avtomobil biznesi sohasida işlab kelamiz. Birinçi Lada avtomobillarini olib kirib, servis xizmatlarini yölga qöyiş, salonlar oçişni boşlaganmiz va özimizni yaxşi körsatganmiz. U paytda bozorda asosiy işlab çiqaruvçi UzAuto Motors edi. 2018 yilda avtomobil işlab çiqariş qaroriga keldik. Tegişli idoralar bilan muzokaralar ötkazganmiz, maqsad Özbekistonda yiğiş zavodini oçiş edi. Utilizatsiya yiğimini kamaytiriş uçun Özbekistonda zavod qurişimiz kerak, deb hisoblab, hamkorlar bilan kelişganmiz. Kia, Lada, Renault kompaniyalari bilan muzokaralar olib borib, 2020 yilda zavod qurilişini boşlaganmiz», deydi Daniyar Davletiyarov.

Ötgan yili ADM Jizzakh zavodining Jizzax viloyati sanotida uluşi 46 foizni taşkil qildi. Işlab çiqariş hajmini köpaytiriş, mahalliylaştiriş hisobiga 2024 yilda bu körsatkiçni 80 foizga çiqariş rejalaştirilgan.

Özbekistonda avtomobil bozoridagi vaziyat haqida
— Biz bu bozorda 2019-2020 yilda işni boşlagan bölsak, 2021 yilda bozorga töliq kirib kelganmiz. U payt bozor boşqaça edi: talab kuçli, taklif esa kam. 2021 yilda 4 mingta, 2022 yilda 7 mingta, 2023 yilda 24 mingta maşina sotganmiz va xaridorlarga öz vaqtida yetkazganmiz. Masalan, hozirgi vaqtga kelib zavod quriş kerak bölganda qurmasdim, çunki hozir bozor tuşyapti. Ötgan yili Özbekiston böyiça jami 405 mingta avtomobil yetkazilgan.
Bu yil esa bozor tuşyapti. Masalan, aprel oyida sotuvlar ötgan yilning şu oyiga nisbatan 11 foiz kam bölgan. Hali bu tendensiya davom etadi, deb öylayman. Lekin Özbekistonda avtomobilizatsiya kam, mingta aholiga 105 ta maşina töğri keladi, AQŞda bu 700 ta atrofida. Inflatsiya, bank kreditlari foizi balandligi hisobiga talab kamaygan. Hozirgi paytda bozorimizda raqobat kuçli, köp brendlar kirib kelgan. Raqobat kuçli, lekin talab kamaygan ayni payt. 2024 yil oxirida 2023 yilga nisbatan 5-7 foiz tuşadi. Lekin uzoq muddatli prognozga qarasak, masalan 2027 yilda yillik avtomobil xaridi 600-700 mingtaga yetadi.

Kelajak avtomobillari: elektromobilmi yoki benzin?
— Bizda bitta muammo bor hozir. Bir neça yildan keyin benzinda yuradigan avtomobillarga çeklov qöyilmaydimi? Hozir şu masala böyiça murojaat qilyapmizki, strategiyani aniqlab beringlar deb. Agar çeklov böladigan bölsa, biz hozirdan investitsiyamizni gibrid yoki elektromobillarga yönaltirişimiz kerak.

Bir neça yil oldin elektromobillar işlab çiqariş kengayib ketadi, deyilardi. Lekin hozirgi tahlillarimizga köra, elektromobillar bozorning 15-20 foizini egallaşi mumkin, yana 15-20 foizi gibrid, qolgani an’anaviy maşinalar böladi. Şuning uçun davlat bilan muzokaralar qilib, birga işlab, tahlillar böyiça investitsiyamizni qayerga yönaltirişni belgilab olişimiz kerak. Keyin bizga eksport qiliş talabi qöyilgan, şu sabab biz eksport qilişimiz mumkin bölgan qöşni va mintaqaviy davlatlar bozoriga ham qaraladi, Rossiya, Qozoğiston kabi davlatlarda hali ham an’anaviy dvigatelli maşinalardan foydalaniladi. Şuning uçun asosiy urğu, taxminan 75 foiz, baribir benzinda işlaydigan maşinalarga böladi.
Ekologik stikerlar kiritiş amaliyoti taklif etilyapti, biz bunga töliq qöşilamiz. Özim Qoraqalpoğistonda tuğilib ösganim uçun ekologiya borasida köp narsani, oğriqli tomonlarini bilaman. Bu qaror böyiça ham aniq bandlar körsatilsa, kompaniyalar ham şunga qarab moslaşadi.

Özbekistonda işlab çiqarilgan maşinalarga zavodlar tomonidan stikerlar berilişi kerak boşidan. Özbekistonda işlab çiqarilgan mahsulot bölib, sertifikatsiyadan ötgani uçun stikerlarni zavodlar berişi vakolati taqdim etilişini taklif qilyapmiz hozir. Agar davlat Yevro-5 talabini qöysa, biz şu böyiça işlab çiqarib, özimiz stiker qöyib berolamiz. Hozir maşinalar 3 yil içida yaşil stikerda böladi va undan keyin yana sertifikatsiyaga borişi kerak. Biz şuni 5-10 yil qilişimiz ham mumkin.
Benzin sifati masalasi ham bor. Maşina Yevro-5 yoki Yevro-6 bölsa-yu, yoqilği Yevro-2 yoki Yevro-3 bölsa, tutuni Yevro-5 niki bölib qolmaydi. Şuning uçun standartlar ikki tomonlama, parallel ketişi kerak.
Raqobat va monopoliya haqida
— Bugungi kunda Özbekiston bozorida raqobat kuçli. Bojxona import stavkasi 15 foizgaça tuşirildi, dvigatel kuçiga qarab hisoblanadigan normalar ham tuşdi. Dvigateli 1 litrgaça bölgan maşinalar stavkasi nolga teng. 1,2 litrgaça 5 foiz. Şuning uçun raqobat kuçli hozir bozorimizda.
Monopoliya deymiz, bunaqa ataşga örganib ham qolganmiz. Bir tomondan töğri ham, çunki biror kompaniya bozorda 40-50 foizdan baland uluşga ega bölsa, avtomatik tarzda monopoliya hisoblanadi.
Ikkinçi tomondan bugun Özbekistondagi rasmiy törtta zavod: bizning zavod, BYD zavodi, Asaka Motors, UzAuto Motors örtasida deyarli farq yöq, işlab çiqariş bir xil. Albatta, «Özavtosanoat» 30 yildan beri rivojlanib kelayotgan davlat taşkiloti bölgani uçun hozirgi kunda ularga tenglaşiş bizga qiyin, çunki şunça yillardan beri ular qöllab-quvvatlangan. Bugun biz ham raqobatlaşişimiz, bir xil model işlab çiqarişimiz mumkin, lekin mustaqil taşkilot sifatida ularga tenglaşiş bizga qiyin. 30 yildan beri ular butun zanjirni yölga qöyib bölgan. Ularning narxiga tenglaşiş juda qiyin, masalan biz hozir Cobalt yoki Onixʼga öxşagan maşina işlab çiqaramiz desak, bu narxda işlab çiqara olmaymiz.

Lekin boşqa segmentlarda raqobatga töliq tayyormiz. Masalan, D segmentdagi sedanlar: Malibu va bizning K5 bor. Joriy yilning 4 oyi davomida biz 2000 taga yaqin K5 sotdik. Rasmiy ma’lumotlarga qaralsa, şu vaqtda Malibu 500 yoki 600 dona sotilgan. Bu segmentda biz ulardan köp avtomobil sotyapmiz.
Hozir Tracker bilan deyarli bir xil segmentdagi Sonet modelini işlab çiqarişni boşladik. Öylaymanki, har bitta mahsulot özining xaridoriga ega. Modellar bir-biridan farq qiladi: biri uzunroq, biri kaltaroq, biri turbo dvigatelli, biri oddiy atmosferali.
Hozir S segmentdagi Lacetti bozordan çiqib ketyapti, şuning örniga biz şu toifadagi birorta model taqdim qilişga harakat qilyapmiz.
Özbekistonda maşinalar narxi
— Qaysidir davlatda arzon yoki qimmatligi haqida gapiriş hammaga oson. Masalan, eng arzon avtomobil işlab çiqariş hozir Xitoyda. Tasavvur qiling, Xitoyda bitta model 1 mln dona çiqsa, Özbekistonda 400 mingta işlab çiqariladi. Işlab çiqarişga ketadigan xarajatlar ikkalasida deyarli bir xil. U yerda barça qismlar özida işlab çiqaradi, davlat töliq qöllab-quvvatlaydi, aylanma mablağ uçun davlat krediti foizi 1 foiz, bizda bilasizmi bu qança – 10 foiz.
Har bir davlatning bozori uçun öz talabi bor. Xitoyda işlab çiqarilgan maşina Özbekistonga töğri kelmaydi. Bizning sertifikatsiyamiz qöşni davlatlar bilan deyarli bir xil. Çunki bir-birimizga eksport qilamiz. Masalan, Xitoy maşinalari xavfsizlik böyiça bizning maşinalardan pastroq. Agar ular bizga töğri keladigan maşina işlab çiqarsa, tannarxi oşadi ularning ham.
Demoqçimanki, Özbekistonda işlab çiqargan hamyonbop maşinani boşqa davlatlarda topiş qiyin (texnik jihatdan bir xilini). Xitoy maşinalar texnik jihatdan bir xil emas bizniki bilan, şu sabab arzon.
Milliy avtobrend yaratiş
— Özbek milliy avtomobil brendini yaratiş orzumiz. Şunça mutaxassislar bor, zavodlar qurilyapti bizda, bunday bozorni asrab qoliş kerak. Kimdir endi şu milliy brendni yaratişi kerak – biz şu yöldamiz. ADM Global kompaniyamiz logistika, avtomobil işlab çiqariş kabi sohalarda faoliyat olib boradi. Endi injiniringda ham işimizni olib boryapmiz.
Milliy brend yaratişni oldinroq qiliş kerak edi. Hozir brendlar köp bozorda, şu sabab qiyin, barçasi bilan raqobat qiliş kerak. Bir-ikki yilda Özbekiston brendi bilan avtomobil taqdim qilmoqçimiz, 5-6 yilda esa elektromobil taklif qilmoqçimiz.

Umuman olganda, UzAutöning Ravon brendi bor bu borada. Lekin hozir bu borada işni davom ettirişmayapti. Biz endi şu narsaga erişmoqçimiz. UzAuto bilan birgalikda qilişimiz ham mumkin, ularda katta mutaxassislar bazasi bor. Nasib etsa, milliy brendimiz eksportda ham xaridorgir brend böladi.






