Ukrainada uruşning 851-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • 24 iyun kuni Ukraina qurolli kuçlarining anneksiya qilingan Sevastopolga raketa zarbasi oqibatida tört kişi halok böldi. 150 dan ortiq kişi yaralangan.
  • «Kalibr» rusumli ikki raketa Kiyev oblasti uzra urib tuşirilgan, ikki kişi jarohatlangan.
  • Belgorod oblastining Grayvoron şahrida kamikadze dron zarbasi oqibatida bir kişi halok bölib, uç kişi yaralangan.
  • Rossiya Xarkivga boşqariluvçi aviabombalar bilan hujum qildi, bir kişi halok bölgan, yaralanganlar ham bor.

Sevastopol böylab raketa zarbasi

23 iyun kuni kunduzi RF mudofaa vazirligi ukrain qöşini anneksiya qilingan Sevastopolga «Amerikaning kassetali öq-dorilarga ega ATACMS raketalari» bilan hujum qilgani haqida xabar berdi. Harbiy idora tarqatgan xabarda aytilişiça, törtta raketa urib tuşirilgan. Yana bir raketa «havo hujumidan mudofaa vositalari ta’siri oqibatida yakuniy bosqiçda parvoz trayektoriyasidan çetga oğib ketgan va şahar ustida portlagan». Raketa qoldiqlari şaharning turli qismlariga, jumladan plyajga ham tuşgan, deyiladi anneksiya qilingan şahar ma’muriyati xabarida.

24 iyun kuni tongidagi ma’lumotlarga köra, tört kişi halok bölgan, şundan ikki nafari bolalar, 153 kişi jarohatlangan. Anneksiya qilingan şahar ma’muriyati rahbari Mixail Razvojayev öziga RF prezidenti Vladimir Putin telefon qilgani, qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, ularga barça zarur yordamlar körsatilişini va’da qilganini aytgan. RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilişiça, Putin Sevastopolga zarba va Doğistondagi teraktlar yuzasidan çiqiş qilişi rejalaştirilmagan.

Konstantin Mixalçevskiy / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Xarkiv böylab aviazarba

Rossiya qöşini 23 iyun kuni kunduzi Xarkiv böylab uçta boşqariluvçi aviabomba taşladi. Region rahbari Oleg Sinegubovning ma’lum qilişiça, 12 kişi jarohatlangan, şundan ikki nafari voyaga yetmagan bolalar, bir kişi — 73 yoşli kişi halok bölgan.