Yevropa Ittifoqi kengaşi Ukrainaga qarşi davom etayotgan harbiy harakatlar uçun Rossiyaga qarşi joriy qilingan 14-sanksiya paketini nihoyat ma’qulladi. Bu haqda kengaşning 24 iyun, duşanba kuni çop etilgan press-relizida aytiladi. Tez orada yangi sanksiya çoralari va röyxatlari rasman e’lon qilinadi. «Uşbu çora-tadbirlar Rossiya iqtisodiyotining energetika, moliya va savdo kabi qimmatli tarmoqlarini nişonga olişga möljallangan va Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini çetlab ötişni yanada qiyinlaştiradi», — deyiladi press-relizda.

Yangi sanksiyalar paketining asosiy bandlaridan biri Rossiya suyultirilgan tabiiy gaziga (STG) taalluqlidir: bundan buyon uçinçi davlatlar uçun möljallangan rus STGni Yevropa portlari orqali qayta eksport qiliş mumkin emas. Biroq, Rossiya Federatsiyasidan Yevropa Ittifoqi davlatlarining öziga STG yetkazib berişni taqiqlaş joriy etilmagan. Şuningdek, neft va neft mahsulotlari narxlari çegarasini çetlab ötiş uçun foydalanilgan Rossiya flotining 27 tankeriga, xususan, qurol-yaroğ yoki Ukraina donini taşişda foydalanilgan kemalarga nisbatan ham sanksiyalar e’lon qilindi.

Bundan taşqari, kengaytirilgan taqiq siyosiy partiyalar, jamğarmalar, nodavlat notijorat taşkilotlari (NNT), şu jumladan, Yevropa Ittifoqidagi media-xizmat körsatuvçi provayderlar hamda Rossiya jismoniy yoki yuridik şaxslari manfaatlarini közlab amalga oşirilgan bölsa, havo qatnovlari - xususiy reyslarga ham tegişli.

Röyxatlarda - Rossiya harbiy-sanoat kompleksini qöllab-quvvatlagan yangi şaxslar

Şuningdek, Yevropa Ittifoqi 55 jismoniy va 61 yuridik şaxsga nisbatan sanksiyalar kiritdi. Yuridik şaxslar yoki kompaniyalar Rossiya harbiy-sanoat majmuasini (HSM) töğridan töğri qöllab-quvvatlagani uçun röyxatga kiritilgan: gap uçinçi mamlakatlar - Xitoy, Turkiya, Qozoğiston, Qirğiziston va BAA kompaniyalari haqida ham ketyapti.

Yangi sanksiyalar röyxatiga, jumladan, tadbirkorlar Igor Altuşkin, Roman Trotsenko va Taymuraz Bolloyev, şuningdek, qöşiqçi Polina Gagarina ham kiritilgan.

Sanksiyalarni çetlab ötiş ustidan nazorat kuçaytiriladi

Yangi paket sanksiyalardan böyin tovlaşga qarşi kuraş çoralarini kengaytiradi: ikkilamçi maqsadlarda foydalaniladigan tovarlarni uçinçi mamlakatlarga yetkazib beriş yanada qattiqroq nazorat qilinadi. Yevropa Ittifoqidagi kompaniyalar uçinçi mamlakatlardagi şu’ba korxonalari jazolarni çetlab ötiş uçun işlatilişi mumkin bölgan faoliyat bilan şuğullanmasligini şaxsan ta’minlaşi şart.