Şavkat Mirziyoyev «Termiz xalqaro savdo markazi» erkin savdo zonasi rivojlantiriş böyiça yangi çora-tadbirlarni tasdiqladi. 

Farmon bilan markaz hududida faoliyat yurituvçi Özbekistonda röyxatga olingan tadbirkorlik sub’yektlariga Afğoniston fuqarolari, çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni mehnat faoliyatini amalga oşiriş huquqi uçun tasdiqnoma olmasdan mehnat şartnomalari asosida işga qabul qilişga ruxsat beriladi.

Afğoniston va Pokiston fuqarolariga savdo dökonlari, xizmat körsatiş va işlab çiqariş uçun möljallangan bino va inşootlarni ijaraga oliş, şuningdek, istisno tariqasida, mulk huquqi bilan sotib oliş huquqi beriladi. Bunda yer uçastkasiga bölgan huquq qonunçilikda belgilangan tartibda ijara huquqi asosida davlat röyxatidan ötkaziladi.

Şu bilan birga, ulgurji va çakana savdoda tölov vositasi sifatida, istisno tariqasida, özbek sömi bilan bir vaqtda AQŞ dollari, Rossiya rubli, yevro, yuan valutalarini qabul qilişga ruxsat beriladi. Bunda qabul qilingan naqd xorijiy valuta Markazda taşkil etilgan tijorat banklari filiallari orqali Markazda faoliyat yuritadigan yuridik şaxslarning hisobvaraqlariga ötkaziladi.

Çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning Özbekiston Respublikasiga kiriş vizasini rasmiylaştirmasdan, çegara va bojxona nazoratidan ötgan holda maxsus yölak orqali kirişi (çiqişi) hamda ön beş kun muddatgaça markaz hududida bölişi tartibi joriy etiladi.

Yangi tartibga muvofiq, markaz hududida:

  • sotib olingan tovarlar böyiça qöşilgan qiymat soliğini qaytariş (Tax free) qoidalari qöllanmaydi; 
  • xarid qilingan tovarlar Özbekiston Respublikasi hududiga belgilangan tartibda bojxona tölovlari tölangandan söng olib kiriladi. Bunda bojsiz olib kiriş normalari tatbiq etilmaydi;
  • joylaşgan obektlarni boşqariş, ekspluatatsiya qiliş, ijaraga beriş va sotiş Termez International Trade Centre MÇJ tomonidan amalga oşiriladi;
  • jamoat tartibini saqlaş, sodir etilgan huquqbuzarliklar böyiça suriştiruv va tergov tadbirlarini ötkaziş qonunçilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda amalga oşiriladi.

Afğonistonning Mozori Şarif şahridan markaz hududigaça (95 km) ekspress avtobus qatnovi yölga qöyiladi.