Fabrika FormatovScreenshot_3

Kun.uz

: 2 may kuni London vaqti bilan soat 8:34 da şahzoda Uilyam va uning rafiqasi, Kembrij gersoginyasi Keyt Middlton

qiz farzand körişdi.

Qizça dunyoga kelgandan keyin uning baxtiyor ota-onasi 2,5 soat davomida u bilan yolğizlikda qoldi. Şundan keyingina bu quvonçli voqea haqida rasman e'lon qilindi. Şifoxonaga şahzoda Uilyam bilan juftlikning tönğiç farzandi – şahzoda Jorj ham kelgan edi. Birozdan keyin Şahzoda Uilyam va Keyt Middlton Londondagi Avliyo Mariya şifoxonasini yangi tuğilgan malika bilan birga tark etişdi. Ularni taşqarida jurnalistlar va omma kutib turgan edi. Middlton qöllarida oq adyolga öralgan yangi tuğilgan qiz farzandini ularga namoyiş qilgandan keyin baxtli oila öz uyiga yöl oldi. Britan monarxlarining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida ostiga “Oilamizga xuş kelibsan” degan yozuv yozilgan bu baxtli onlar muhrlangan surat çop etildi. Hozirça qizçaga qanday ism qöyilgani noma'lumligiça qolmoqda.

Fabrika FormatovScreenshot_7

xab-2