"Özbekiston ― baxtli bolalar mamlakati" seriyasidan © ÖzA

Özbekiston hukumati 25 aprel kuni mamlakat aholisini soğlom ovqatlanişi sohasidagi çora-tadbirlarni takomillaştiriş töğrisida qaror qabul qildi. Bu haqda “Gazeta.uz”

xabar bermoqda

. Qarorga muvofiq taşkil etilgan respublika komissiyasi uç oy muddat içida Aholining soğlom ovqatlanişi sohasidagi çora-tadbirlar majmuasi va konsepsiyasini işlab çiqadi. Qarorga muvofiq, keyingi davr mobaynida aholining turli qatlamlari orasida soğlom ovqatlaniş borasida tuşuntiriş va taşviqot işlari kuçaytiriladi, ovqatlaniş bilan boğliq kasalliklarni kamaytiriş uçun ta'lim dasturlari işlab çiqiladi. Bundan taşqari, oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xomaşyosi uçun texnik reglamentlar va milliy standartlarni işlab çiqiş ham közda tutilgan. Qonunçilikda belgilangan talablarga nomuvofiq va qölbola oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqarganlik uçun işlab çiqaruvçilarning javobgarligi kuçaytiriladi.

xab-