Keça Rossiyada Ikkinçi Jahon uruşidagi ğalabaning 70 yilligiga bağişlab ötkazilgan parad çoğida harbiy marşda iştirok etayotgan "Buk" zenit-raketa tizimi olov oldi.
Voqea Çita şahridagi marşda sodir böldi. Harbiy kolonna Jangovar va mehnat şuhrati yodgorligiga ketayotgan çoğda maşinalardan birining ostidan öt çiqa boşladi. Bu voqea qayd qilingan videolavha internetga joylaştirildi.

Guvohlarning ma'lum qilişiça, olov öçirilgaç, qurilma oldiga harbiy yuk maşinasi kelib, uni tirkamada olib ketgan.
Şarqiy harbiy okrug matbuot xizmatining “Çita” axborot agentligiga ma'lum qilişiça, vaziyat nazorat ostida bölgan va odamlar hayotiga xavf tuğilmagan.






