Pokistonning Axact soxta diplomlar sotiş orqali har yili ön millionlab dollar pul topadi. Bu haqda kompaniyaning sobiq xodimlariga tayangan holda The New York Times gazetasi yozmoqda.
Aytilişiça, mijozlar kompaniyadan yuzlab universitetlar va oliy maktablarning soxta oliy ma'lumot diplomlarini sotib olişi mumkin. Aslida esa bu diplomlar haqiqiy akkreditatsiyadan ötkazilmagan.
Axact tarmoği 370 saytdan iborat. Kompaniyaning Karaçidagi ştabida 2 ming kişi işlaydi. U rasman özini mamlakatdagi eng yirik soft işlab çiqaruvçisi deb ataydi. Aslida esa, naşrdagi ma'lumotlariga qaraganda, u asosan soxta diplomlar hisobidan tirikçilik qiladi.
Kompaniya yuristlari naşrga yöllagan maktubida bu ma'lumotlarni inkor qilgan.