30 may kuni Toşkentdagi "Özbekiston" sport majmuasida AIBA Pro Boxing seriyasidagi turnirning 60 kg.gaça bölgan vazn toifasidagi musobaqasi boşlanadi.
30 may kungi dasturdan 4 jang örin olgan. Turnirning ilk kunida Şvetsiya, Italiya, Irlandiya, Braziliya, Rossiya, Germaniya, Filippin va Özbekiston vakillari bölgan boksçilar kuç sinaşişadi.
Özbekiston nomidan birinçi kungi bahslar doirasida Xurşid Tojiboyev çiqiş qiladi. U ringda Irlandiya vakili Joys Devid Oliver bilan jang qiladi. Bu jang 3 daqiqadan 8 raund davom etadi.
Qayd etiş joizki, turnirda 10 vazn toifasining har birida 8 nafardan boksçi iştirok etadi. Har bir vazn toifasidagi 8 boksçi özaro 4tadan jang ötkazişadi, ğolib esa 2016 yilgi Olimpiada yöllanmasini qölga kiritadi.
Toşkentdagi turnir turniridagi uç seriyadan birinçisi bölib, keyingi seriyalar 18 iyul va 19 sentabrda ötkazilişi rejalaştirilgan.






