Özbekistonga Tailand Qirolligining investitsiyalar böyiça kengaşining xorijda Tailand investitsiyalariga kömak beriş bölimi ijroçi direktori Çollada Arirajjakul boşçiligidagi delegatsiya taşrif buyurdi. Arirajjakulga Tailand vazirliklari va boşqarmalari vakillari, tailandlik tadbirkorlar hamrohlik qildi.

Tailand delegatsiyasi taşrifi doirasida Özbekiston Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo, Qişloq va suv xöjaligi vazirliklarida, Savdo-Sanoat palatasi va turli kompaniyalarda uçraşuvlar ötkazdi.

Delegatsiyaning taşrifidan maqsad respublikamiz bilan hamkorlikni yölga qöyiş imkoniyatlarini va iqtisodiyotimizga Tailand investtsiyalarining kiritilişi masalalarini muhokama qilişdan iborat böldi.

Ayni vaqtda tailandlik tadbirkorlar Özbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritişni rejalaştirmoqda va ular uşbu taşrif doirasida respublikamizning investitsion imkoniyatlari haqida ma'lumotlarga ega bölişdi.

Tailand delegatsiyasi rahbari Çollada Arirajjakulning aytişiça, toğ-kon va neft-kimyo sanoatlari, farmatsevtika, quriliş materiallari işlab çiqariş, muqobil energetika sohalari hamkorlikning ustuvor yönalişlari hisoblanadi. Şuningdek, sayyohlik sohasida ham aloqalarni örnatiş rejalaştirilmoqda.