Özbekiston 2015 yilgi qonun ustuvorligi indeksida (The Rule of Law Index 2015) mamlakatda tartib va xavfsizlikning ta'minlangani körsatkiçi böyiça MDH davlatlari içida birinçi natijani qayd qildi.
Reytingdan joy olgan 102 mamlakat sakkiz kriteriy böyiça baholandi: hokimiyat institutlari vakolatlarining çeklanişi, korrupsiya darajasi, tartib va xavfsizlik, asosiy huquqlar himoyasi, hokimiyat institutlari faoliyatining şaffofligi, qonunlarga rioya qilinişi, fuqarolik sudi, jinoiy sud. Har bir kriteriy böyiça indeks qayd qilib borildi.
Jamoat tartibining örnatilgani va xavfsizlikning ta'minlangani körsatkiçi böyiça Özbekistonning indeksi 0.91ga teng böldi. Bu körsatkiç Rossiyada 0.67ga, Ukrainada 0.6ga, Qozoğistonda 0.81ga, Qirğizistonda 0.75ga teng.
Qonun ustuvorligi indeksi 2010 yilda işlab çiqilgan bölib, adolat va qonuniylikning universal prinsiplar asosiga quriladi. U har yili World Justice Project xalqaro nohukumat taşkiloti tomonidan e'lon qilib boriladi.