Gollandiyaning AerCap avializing kompaniyasi 100 dona Boeing 737 MAX samolyotini sotib olmoqçi. Bitim summasi uşbu tipdagi samolyotlarning katalog böyiça narxiga asoslanib 11 mlrd dollarga baholanmoqda. Bu haqda muzokaralardan xabardor bölgan ikkita manbaga iqtibos keltirgan holda “Reuters” axborot agentligi xabar bermoqda.

Şartnomaning imzolanişi keyingi haftada Fransiyaning Le Burjye şahrida ötkaziladigan xalqaro aviasalonda bölib ötişi kutilmoqda.

Ikki kompaniya rasmiy vakillari bu axborotga izoh berişdan boş tortişdi. Avvalroq AQŞning Delta Air Lines aviakompaniyasi 40 ta Boeing 737-900 samolyoti sotib olişi, kelişuv miqdori 4 mlrd dollarni taşkil qilişi ma'lum qilingandi.