Sony kompaniyasi özining bepul mediapleyer ilovasini taqdim etdi. Ilova eng ommabop formatdagi audio hamda videolarni qöllab-quvvatlaydi.
Hajmi 20 MBni taşkil qiladigan ilovani PlayStation Store’dan yuklab oliş mumkin böladi. “Media Player” MKV, AVI, MP4 va MPEG-2 TS formatdagi video, MP3 hamda AAC formatidagi audio, şuningdek, JPEG, BMP va PNG formatidagi suratlarni qöllab-quvvatlaydi. Bundan taşqari, audiofayllarni öyin öynayotgan vaqtda ham tinglaş imkoni mavjud.
“Media Player” lokal tarmoqdagi xotira, USB-port hamda qattiq diskdagi fayllarni ijro etişi mumkin.






