Xitoyning internet-savdo giganti Alibaba rahbari Jyek Ma Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Yandeks servisining asosçisi Arkadiy Voloj bilan uçraşdi. Ikki biznesmen kelajakdagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilişdi.
“Biz bir-birimizni köpdan beri bilamiz. Kelajakda birgalikda loyihalar yuritişimiz mumkin”, – dedi Ma TASS agentligiga bergan intervyusida.
Uning aytişiça, Yandeks ötkazadigan tadqiqotlar katta qiziqişga sabab bölmoqda.
Ilgariroq Jyek Ma Rossiya bozoriga kiriş imkoniyatini qidirayotganini aytgandi. Alibaba 2016 yildayoq Rossiya kompaniyalari bilan şartnomalar imzolaşi mumkin.