Sankt-Peterburgning “Zenit” futbol jamoasi hujumçisi Aleksandr Kerjakov yangi mavsumdan Rossiya çempionatining quyi ligasi – Milliy futbol ligasida “Zenit-2” tarkibida töp suradi, deb xabar bermoqda “Sport-Ekspress” naşri.
Avvalroq 32 yoşli futbolçi jamoa bilan birgalikda Avstriyadagi yiğinlarga bormasligi ma'lum qilingandi.
Kerjakovning jamoa bilan şartnomasi 2016 yilning avgustiga qadar amal qiladi.






