"Real" jamoasining yoş yarim himoyaçisi Iskoga "Yuventus" jamoasi tomonidan qiziqiş bildirilmoqda.

La Gazzetta dello Sport naşrining xabar berişiça, Ispaniya terma jamoasiga nomzod bölgan 23 yoşli bu futbolçi turinliklar tomonidan Pirloga munosib örinbosar sifatida körilmoqda.

Bungaça "Yuventus" bu öringa "Çelsi" futbolçisi Oskarni olib kelmoqçi bölayotgandi.

Qayd etilişiça, "Real" Isko bilan şartnomaning bir tomonlama buzilişi uçun 150 mln yevro miqdoridagi mablağni belgilab qöygan.

Eslatib ötamiz, şu yozda "Real"ning yana bir futbolçisi Sami Xedira erkin agent maqomida "Yuventus"ga ötgandi.

Ma'lumot uçun, Isko ötgan mavsumda "Real" bilan Ispaniya çempionatining 34 öyinida maydonga tuşgan va 4 gol urib, 9ta golli pas uzatgan.