Parijning “PSJ” klubidan UYeFAning moliyaviy feyr-pley qoidalari böyiça kiritilgan barça çeklovlar olindi.

Frantsuz klubi endi transfer uçun pullarni istalgança miqdorda işlatişi mumkin.

Klub endilikda 60 mln yevro miqdoridagi transfer byudjyeti bilan çegaralanmagan, parijliklar yangi öyinçilarni xarid qiliş uçun futbolçilarni sotişga majbur bölmaydi. Şuningdek, jamoaning Çempionlar Ligasiga e'lon qilinadigan futbolçilar tarkibi ham kengaytirildi (avval moliyaviy feyr-pley qoidalarining buzilişi sababli tarkib 21 nafar öyinçigaça qisqartirilgan edi).

UYeFA “PSJ”dan bu çeklovlarni klubning moliyaviy körsatkiçlari oxirgi yillarda ança yaxşilangani bois soqit qildi.