Qirğiziston Şanxay hamkorlik taşkilotining bankini yaratişi tarafdoridir. Bu haqda Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev TASS agentligiga bergan intervyusida aytib ötdi.
Uning sözlariga qaraganda, ŞHT banki şaklidagi yagona moliyaviy mexanizmning yaratilişi taşkilotga a'zo barça davlatlar uçun foydalidir.
“Biz uning idorasi Bişkekda joylaşişini taklif qilamiz, çunki biz bank tizimida yaxşigina tajribaga egamiz, – dedi Atambayev muloqot çoğida. – Qirğiziston özida moliya vazirlari milliy banklar raislari yiğilişini taşkil qilib, bu bilan boğliq masalalarni muhokama qilişga tayyor”.






