Moskvaning TsSKA jamoasi boş murabbiyi Leonid Slutskiy Rossiya terma jamoasini boşqaradi. Bu haqda sport-inside naşrining tvitterida xabar yozilgan.

Manbaning ma'lum qilişiça, Slutskiy TsSKAdagi işidan ajralmagan holda milliy terma jamoani Yevro-2016 turniri saralaş bosqiçidagi öyinlarga tayyorlaydi.

Xabarda u bilan 2016 yilgi Yevropa çempionati yakunigaça şartnoma tuzilgani aytilgan.

Biroz oldinroq, maşhur futbol jurnalisti Nobel Arustamyan terma jamoaning hozirgi murabbiyi Fabio Kapello yaqin vaqt içida iste'foga çiqarilişi haqida aytgandi.