7 iyul kuni Özbekiston prezidenti Islom Karimov öz qarori bilan Özbekiston Respublikasi va Belgiya Qirolligi örtasida 1996 yil 14 noyabrida imzolangan ikki marta soliqqa tortiş va soliq tölaşdan böyin tovlaşni bartaraf qiliş töğrisidagi konvensiyaga özgartişlar kiritiş töğrisidagi bayonnomani tasdiqladi.

Uşbu bayonnoma şu yilning 18 fevral kuni Bryusselda imzolangan edi.
Konventsiyaga kiritilgan özgartişlar xalqaro standartlarga mos kelişi va hamda soliq faoliyati şaffofligini ta'minlaş, bu borada axborot almaşişni yaxşilaşga xizmat qilişi ta'kidlab ötildi.