Eron prezidenti Xasan Ruhoniy Ğarb tomonidan joriy qilinadigan sanksiyalar Eronga heç qanaqasiga ta'sir körsatmasligini ma'lum qildi.
Şu bilan birgalikda, u "oltilik" bilan Vena şahrida Eron yadroviy dasturi borasida erişilgan kelişuvni "mamlakat taraqqiyoti uçun eng muhim kelişuv" sifatida baholadi.
"Men bu borada kelişuvga erişganimizdan juda mamnunman", deydi Eron prezidenti.
Biroz oldinroq, Eron Taşqi işlar vaziri Javod Zarif Ğarb davlatlari bilan Vena şahrida ötkazilgan uçraşuvda Eron yadroviy dasturi böyiça amalga oşirilgan kelişuv hamma uçun ham mukammal tarzda tuzilmaganini, lekin bu kelişuvni ulkan yutuq sifatida baholaşini aytib ötgandi.






