Joriy yilning 24-27 iyul kunlarida Belgiyaning Libramon şahrida an'anaviy “Libramont-2015” xalqaro qişloq xöjaligi va parrandaçilik mahsulotlari körgazmasi bölib ötadi.

Yevropadagi eng yirik anjumanlardan biri hisoblanadigan mazkur körgazmada qişloq va örmonçilik xöjaligi, çorvaçilik sohasiga ixtisoslaştirilgan yetakçi kompaniyalar tomonidan işlab çiqarilgan rang-barang mahsulotlar, texnologiya va asbob-uskunalar dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan xaridorlarning e'tiboriga havola qilinadi.

Körgazma har yili muayyan sohaga bağişlanadi. Joriy yilda sakson birinçi marotaba ötkaziladigan uşbu xalqaro tadbirda Belgiya va Yevropaning 1800 yetakçi fermerlari - çorvadorlar va qişloq xöjaligi texnikasi işlab çiqaruvçilari 80 ming kvadrat metr sahnda öz mahsulotlarini namoyiş qilişadi. Taşkilotçilarning ma'lumotlariga köra, har yili 200 ming nafardan ziyod kişi, şu jumladan, xalqaro delegatsiyalarning 4 ming nafar a'zosi mazkur körgazma işi bilan tanişadi.

“Libramont” doirasida simpoziumlar, seminarlar, anjuman va boşqa tadbirlar ötkazilişi ham an'anaga aylangan. Ularda soha ekspertlari, yetakçi konsernlar, kompaniyalarning top-menejyerlari hamda qişloq xöjaligi va çorvaçilik boşqaruvi idoralarining rahbarlari iştirok etişadi.

Uşbu nufuzli yarmarka işida qariyb 20 fermerlik xöjaliklarining rahbarlari va vakillaridan iborat bölgan Özbekiston fermerlari delegatsiyasi ham qatnaşadi. Öz-özidan ayonki, asosiy e'tibor namoyiş etilayotgan mahsulotlar bilan tanişişga, qişloq xöjaligi sohasi rivoji uçun zamonaviy texnologiyalarni jalb qiliş imkonini beruvçi uzoq muddatli hamkorlikni yölga qöyiş bilan boğliq masalalarga qaratiladi.