Afğoniston prezidentining örinbosari, mamlakatdagi özbek jamoati yetakçisi general Abdulraşid Döstum mamlakat şimolidagi ayrim tumanlarda örnaşib olgan Tolibon kuçlariga taslim böliş va tinçlik jarayoniga qöşiliş uçun bir hafta muddat berdi. Bu haqda Döstumning matbuot kotibi Sulton Fayziy Khaama Press agentligiga ma'lumot berdi.
Fayziyning aytişiça, Döstum uşbu muxlatni prezident idorasi bilan kelişgan holda belgilagan.
Döstum Tolibonga qarşi kuraşiş uçun yaqinda özining siyosiy raqiblaridan biri, Balx viloyati hokimi Ato Muhammad Nur bilan kuçlarini birlaştirdi.






