UYeFA prezidenti Mişel Platini FIFA prezidentligi uçun kuraşadigan böldi. Bu haqda Platini ötgan hafta oxirida bayonot bergan. UYeFA rahbari kelgusi yilning 26 fevralida bölib ötadigan saylovlarda öz familiyasi bölişini bildirgan.

Platini özining yakuniy qaroriga törtta mintaqa konfederatsiyalarining, UYeFAdan taşqari KONMeBOL, KONKAKAF va asosiysi Osiyo konfederatsiyalari qöllab-quvvatlaganidan keyin kelgan. Agar mazkur konfederatsiyaga kiruvçi har bir davlat futbol uyuşmalari uning nomzodini qöllab-quvvatlasa Platini 144ta ovozga ega bölişi mumkin böladi. Bu uning FIFA prezidentligi uçun eng asosiy nomzod ekanini körsatadi.

FIFAning amaldagi prezidenti Yozef Blatter bu lavozimda 1998 yildan buyon işlab keladi. Joriy yil may oyida u yana bir marta 5 yil muddatga FIFA rahbarligi uçun tayinlangandi. Biroq FIFA taşkilotidagi korruptsion janjallar natijasida u iste'foga çiqişi haqida bayonot berib ötgandi.